Braziliyada arilar tufayli chempionat o'yini kech boshlandi
19 avg 2019 00:50
Yangiliklar


Braziliyada arilar tufayli chempionat o'yini kech boshlandi
Braziliya chempionatining 15-turidan o'rin olgan Fortaleza - Internasonal bahsi, belgilangan vaqtdan ancha kech boshlandi.
Bunga «Kastelan» o'yingohiga o'rnatilgan burchak bayroqchalariga arilarning o'rnashib olgani sabab bo'lgan.
Vaziyatni bartaraf etish uchun stadiondagi o't-o'chirish xizmati xodimlari bir necha bor arilarga qarata suv purkadi. Biroq, bu yordam bermadi. Maxsus bayroqchalar olib chiqib ketilgandan so'ng esa barchasi o'z joyiga tushdi va bosh hakam uchrashuvga start berdi. O'yinda esa mehmonlar «Internasonal» klubi 1:0 natijasi bilan zafar quchdi.
TAS-IX emas
O’xshash yangiliklar

Fikrlar