Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Avstraliya chempionatida o'ynaydi
26 avg 11:45
Yangiliklar
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Avstraliya chempionatida o'ynaydi
Braziliya terma jamoasi, Germaniyaning "Bavariya" va Italiyaning "Yuventus" klublari sobiq futbolchisi Duglas Kosta Avstraliyaning "Sidney" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Braziliyalik "ko'klar" safiga qo'shildi. Yarim himoyachi "Sidney" bilan 2 yillik shartnoma tuzdi.
Duglasning faoliyatidagi so'nggi bekat Braziliyaning "Fluminense" jamoasi bo'lgandi. Yarim himoyachi jamoa safida 22 o'yin o'tkazib, 1 ta golga pas uzatdi. Aytish kerakki, "Bavariya" va "Yuventus"dagi o'yinlari bilan tanilgan futbolchi barcha turnirlarda 541 o'yinda qatnashib, 76 ta gol urgan va 108 ta golga assistentlik qilgan.
Qolaversa, Kosta ilgari Braziliya terma jamoasiga chaqirilardi. Duglach mamlakat uchun 31 o'yinda harakat qilgan va 3 ta gol urgan.
Fikrlar