So’nggi yangiliklar

20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  1 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  20 16:25"Рома" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 16:01Дилшод Жўраев: "Ҳозирги кунда "Бунёдкор" ва "Локомотив" турнир жадвалида ўзига ярашадиган ўринда эмас"  5 15:28Дани Ольмо "Барселона" таклифини қабул қилди  7 15:00Расман: "Боруссия" Германия термаси ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 14:41Ўзбекистон футзал терма жамоаси Францияга қарши ўйнайди  1

JCH-2018. Braziliya chorak finalda! Yangiliklar

JCH-2018. Braziliya chorak finalda!

Jahon chempionatining 1/8 finali doirasida Braziliya - Meksika uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning matnli translyaciyasini ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

YANGILASH

90+6. O'YIN TUGADI. BRAZILIYA CHORAK FINALGA YO'LLANMA OLDI!

90+5. Layyunni Miranda yiqitgandi. Biroq hakam folni ko'rmay qoldi.

90+4. Meksika oldinga o'tishga, gol urishga qattiq intilmoqda.

90+1. Sariq kartochka. Guardado ogohlantirildi.

O'zgarish. Villian o'rniga Markinos.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 6 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

Fernandino Neymarga ajoyib pas berdi. U oldinga qarab bordi va zarba berdi. To'pni Ochoa qaytardi, bo'sh qolgan darvozani Firmino ishg'ol qilishga qiynalmadi.
89. GOLLLLLLLLLLLLLLL!!!!! FIRMINOOOOOOO!!!! 2:0!!! Nuqta!

87. Burchak zarbasidan keyin Alisson to'pni yana maydondan tashqariga chiqarib yuborgandi. Ammo bu vaziyatda offsayd qayd etildi.

86. O'zgarish. Koutino o'rniga Firmino.

86. Ximenes hujumga o'tdi va raqib jarima maydonchasi yaqinida yiqildi. Biroq fol berilmadi. Meksikada burchak zarbasi.

85. O'yinning eng qizg'in davri boshlanmoqda.

83. Galyardo hujumda Tyago Silvaga qarshi fol ishlatdi. Yana kichik to'xtalish.

82. Meksika asosiy vaqtini raqib jarima maydonchasi yaqinida o'tkazmoqda. Biroq zarba yo'q.

80. O'zgarish. Paulino o'rniga Fernandino tushirildi.

79. Erreraning zargarona to'p uzatishidan keyin Losano raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi. Fagner "podkat" tashladi. Natijada to'p meksikalikning o'zidan maydonni tark etdi.

77. Neymarga fol ishlatgani uchun Salsedo ogohlantirildi.

75. Villianning zarbasini Ochoa qaytardi. Zarba aniq, lekin xavfli emasdi.

73. SHu fol tufayli kichik to'xtalish bo'ldi. Hech kimga kartochka berilmadi.

71. Neymar jiddiyroq jarohat oldimi?! G'alati-i!!! Balki raqib oyog'ini bosib olgani uchun Neymar bunchalik darajada baqirishi kerak emas-midi... Bilmadik....

70. Meksika hujumga o'tgandi. Guardadoning zarbasini himoyachi qaytardi. Xavodagi kurashda Losano Villianni yiqitdi.

69. Biroq burchakdan uzatilgan to'p Jezusga noqulay borgani uchun vaziyat xavfli ko'rinish olmadi.

68. Neymarning zarbasi kichik rikoshet bilan maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.

67. O'yin surati borgan sari oshib bormoqda. Tomonlar ketma ket hujumga o'tishmoqda.

66. Neymar jarohat oldi...mi? Yo'q, o'rnidan turdi.

65. Marselo maydonga tushishga tayyorgarlikni boshladi.

63. ZARBAAAAAAAAA!!! FANTASTIKAAAAAAAAA!!! Villianning to'qqizlikka ketayotgan zarbasini Ochoa qaytardi.

62. ZARBAAAAAA!!! Velaning zarbasini Alisson qaytardi. Xavfli chiqqandi.

61. O'zgarish. CHicharito o'rniga Raul Ximenes.

60. Kazemiro ogohlantirildi.

59. ZARBAAAAAAAAA!!! Fagnerning to'p uzatishidan keyin Paulino zarba berdi. Ochoadan fantastik seyv!

56. O'zgarish. Alvares o'rniga Dos Santos tushdi.

55. Errera ogohlantirildi.

53. Meksika xavfli hujumga o'tdi. Erreraning to'p oshirishidan keyin hech kim zarba bera olmadi. Karlos Vela esa to'pni to'xtatib, darvoza tomon yurdi. Uni Tyago Silva kutib oldi va to'pni burchakka chiqarib yubordi.

Villian chap qanotdan reyd uyushtirdi va to'pni Ochoa darvozasi tomon oshirdi. To'p posbondan o'tib ketdi va Neymarni topdi. U bo'sh qolgan darvozaga gol kiritishga qiynalmadi.
51 GOOOOOOOOOOOOOLLLLL!!! NEYMARRRRRR!!!! 1:0!

50. Galyardo bir o'zi uzoq masofani bosib o'tib, zarba berdi. 

49. Jezus gol urishi mumkin bo'lgandi. Ammo himoyachi xavfni bartaraf etdi.

48. ZARBAAAAAAAAAAAA!!! Ochoa Koutinoning kichik masofadan tepgan to'pini qaytardi.

47. Uchrashuvni 41970 tomoshabin kuzatib bormoqda.

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI. Meksika taymni o'zgarish bilan boshladi. Rafael Markes o'rniga Layyun.

Birinchi bo'lim statistikasi bilan tanishib oling:

HAKAM TAYMGA VAQT QO'SHMADI. TAYM TUGADI

45. Meksika yana hujumga o'tgandi. Biroq Losano to'pni oldirib qo'ydi va hujum to'xtadi.

44. CHicharito o'yinni sariq sochi bilan o'tkazmoqda.

43. Felipe Luis ogohlantirildi. U markazda raqibini yiqitdi.

42. Braziliya yana bir marta burchak to'pini amalga oshirdi. Biroq to'pni Rafael Markes qaytarib yubordi.

41. Villian o'ng qanotdan to'pni Ochoa darvozasi tomon tashlab berdi. Ammo posbon o'z postida ishonchli o'ynadi.

40. ZARBAAAAAAA!!! Neymarning taxminan 20 metrlardan jarimadan tepgan to'pi noaniq ketdi.

39. Neymarni yiqitishdi. Xavfli nuqtadan jarima zarbasi. Edson Alvares sariq kartochka ishlab oldi.

38. O'yin kartinasi anchagina o'zgardi.

36. Fagner markazda Losanoni yiqitdi. Hakam unga "Yana bir marta shunday qilsang, o'zingdan ko'r" dedi.

35. Braziliya burchak zarbasini amalga oshirdi. Biroq hech kim darvozaga zarba bera olmadi.

33. ZARBAAAAAAAAAA!!! Jezus jarima maydonchasi ichida bir necha raqibini ortda qoldirib zarba berdi. Avvaliga to'pni Ochoa qaytardi. Qaytgan to'pni yana Jezus darvozaga tepdi. Bu zarbani himoyachilar qaytarib yuborishdi.

32. Endi Braziliya oldinga o'tmoqda.

31. Neymar oldinga o'tgandi. Biroq o'z jarima maydonchasi ichida Edson Alvares to'pga shunday tashlandiki, to'pni toza olib qo'ydi, Neymar ham yiqilmadi.

30. Karlos Vela oldinga o'tdi. Silva yaqiniga kelganida u anchagina noaniq zarba berdi.

29. O'yin markazga ko'chdi.

27. Ikkinchi temp bilan davom etgan hujum Koutinoning xavfli zarbasi bilan yakunlandi.

26. Braziliya jarima zarbasini amalga oshirdi. Ochoa to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'ydi. Zarbani himoyachi qaytardi.

25. XAVFLI VAZIYATTTTTT!!! Neymar chap qanotdan bir futbolchini aldab, darvozaga yaqin keldi va zarba berdi. Uning zarbasini posbon qaytardi.

24. Braziliya o'ziga o'xshamayapti. Ular oddiy paslarda ham xatolikka yo'l qo'yishmoqda.

22. XAVFLI VAZIYATTTTTTTTTT!!!! Vela chap qanotdan to'pni Erreraga tashlab berdi. Ektor to'pni to'xtatdi va "zamax" oldi. Uning zarbasini himoyachilar qaytardi.

20. Braziliya oldinga o'tdi. Uzoq muddatli kombinaciyani Neymar buzib qo'ydi.

19. O'yin Meksika termasining katta tashabbus qilmoqda. Hujumlar ko'p, biroq so'nggi zarba etishmayapti bunga.

18. Xavfli vaziyattttt!!!! Vela chapdan o'ng qanotga pas oshirdi. Losano to'pni to'xtatib, jarima maydonchasi ichiga kirdi va zarba berdi. To'p yo'liga Felipe Luis to'g'anoq bo'ldi.

17. Nihoyat, Braziliya hujumga o'tdi. Burchak zarbasi

15. Meksika hujumlarni ko'paytirmoqda. Erreraning o'ng qanotdan oshirgan to'piga CHicharito eta olmadi. Darvoza bo'sh edi.

14. Meksika burchak zarbasidan foydalana olmadi. Braziliya oldinga o'tishni istamayapti.

13. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Errera to'xtata olmadi. Agarda u shu ishni qila olganida gol urishi mumkin edi.

12. Meksika hujum uyushtirmoqchi bo'lgandi. Ammo Ektor Errera to'pni to'xtata olmagani sababli hujum ham to'xtadi.

11. Meksika raqib jarima maydonchasi yaqinida jiddiy bosim uyushtirmoqda.

10. Burchakdan uzatilgan to'pni meksikaliklar boshi bilan darvoza tomon tashlashdi. Ammo CHicharito offsaydda qolib ketgandi.

9. Karlos Vela raqibi Fagnerdan o'tib, jarima maydonchasi ichiga to'pni tashlab berdi.

7. Meksikaliklar to'pni o'zi bilan ushlab turgandi. Ammo Ayyala xato qildi. To'p autga chiqib ketdi.

6. ZARBAAAAAAA!!! Neymarning zarbasini Gilermo Ochoa qaytarib yubordi.

5. Koutinoga to'p uzatilgandi. Biroq to'pga birinchi bo'lib Ugo Ayyala etib bordi.

4. Neymarni markazda yiqitishdi. Braziliyaliklar to'p bilan.

2. ZARBAAAAAAAAAA!!!! Guardado chap qanotdan xavolatib to'pni oshirib berdi. Alisson to'pni urib yubordi. Qaytgan to'pni Losano darvozaga zarba berdi. Luis qaytardi. Burchak to'pidan esa meksikaliklar foydalana olishmadi.

1. O'YIN BOSHLANDI

- Ikki davlatning madxiyalari yangramoqda.

- Bugun Marselo jarohati sababli o'yinda qatnashmasligi mumkin. Uning o'rniga Felipe Luis tushirilgan.

- Rossiyadagi mundialda kutilmagan natijalar ko'p bo'lmoqda. Xo'sh, bugun meksikaliklar "pentakampeonlar"ni mundialdan chiqarib yubora olarmikin yoki bu o'yinda Braziliyaning g'alabasi kuzatilarmikin... Bizni super o'yin kutmoqda.

- O'yin boshlanishiga 15 daqiqa vaqt qoldi.

Brazil

Neymar - 51', Roberto Firmino - 88'

World Cup 1/8 Finals . 1/8-tur

02/07/2018, 19:00

0
:
2
Tugadi

Mexico

Stadion: Samara Arena, 41970 tomoshabin

Bosh hakam: Gianluca Rocchi

45'
90'
43'  Filipe Luis
51'  Neymar
51'  Willian
59'  Casemiro
80'  Paulinho (Fernandinho)
86'  Philippe Coutinho (Roberto Firmino)
88'  Roberto Firmino
90'  Willian (Marquinhos)
38'  Edson Alvarez
46'  Rafael Marquez (Miguel Layun)
55'  Hector Herrera
55'  Edson Alvarez (Jonathan dos Santos)
60'  Javier Hernandez (Raul Jimenez)
77'  Carlos Salcedo
90'  Andres Guardado

Braziliya - Meksika 2:0. 41970 tomoshabin.
Gol: Neymar (51), Roberto Firmino (89).
Braziliya: 1. Alisson Bekker, 2. Tyago Silva, 3. Joao Miranda, 6. Felipe Luis, 22. Fagner, 5. Kazemiro, 11. Filippe Koutino (20. Roberto Firmino, 86), 15. Paulino (17. Fernandino, 81), 19. Villian (13. Markinos, 90), 9. Gabriel Jezus, 10. Neymar.
Zaxira: 4. Pedro Jeromel, 8. Renato Avgusto, 12. Marselo, 14. Danilo, 16. Kassio, 18. Fred, 21. Tayson,  23. Ederson.
Meksika: 13. Gilermo Ochoa, 2. Ugo Ayyala, 3. Karlos Salsedo, 4. Rafael Markes (7. Migel Layyun, 46), 16. Ektor Errera, 21. Edson Alvares  (6. Jonatan Dos Santos, 56), 18. Andres Guardado, 23. Xesus Galardo, 11. Karlos Vela, 14. CHicharito (9. Raul Ximenes, 61), 22. Irving Losano.
Zaxira: 1. Xose Korona, 5. Erik Guterres,  8. Marko Fabian, 10. Jovanni Dos Santos, 12. Alfredo Talavera, 17. Xesus Korona, 19. Oribe Peralta, 20. Xaver Akino.
Ogohlantirish: Edson Alvares (39), Felipe Luis (43), Ektor Errera (55), Kazemiro (50), Karlos Salsedo (77), Andres Guardado (90+1).

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика