Braziliya - Germaniya o'yinini meksikalik Rodriges boshqaradi
07 iyu 2014 08:03
Yangiliklar
Braziliya - Germaniya o'yinini meksikalik Rodriges boshqaradi
FIFA JCH-2014ning ilk yarim final uchrashuvining boshqarib boradigan hakam nomini elon qildi.
Unga ko'ra, seshanba oqshomida o'tkaziladigan Braziliya va Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni meksikalik 40 yashar Marko Rodriges boshqarib boradi.
Takidlash joiz, bu Rodriges uchun JCH-2014dagi uchinchi uchrashuv bo'ladi. Bundan avval u Belgiya - Jazoir (2:1) va Italiya - Urugvay (0:1) o'yinlarida hakamlik qilgandi.
Darvoqe, aynan Italiya – Urugvay bahsida Rodriges “Yuventus” yarim himoyachisi Klaudio Markizioni maydondan chetlatgan edi. Lekin Luis Suaresning Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellinini tishlab olganini ko'rmay qolgandi.

Fikrlar