Braziliya futbol konfederaciyasi Anchelotti bilan qayta aloqaga chiqdi
27 mar 11:34
Yangiliklar
Braziliya futbol konfederaciyasi Anchelotti bilan qayta aloqaga chiqdi
Malumotlarga qaraganda, Braziliya futbol konfederaciyasi Karlo Anchelottini JCH-2026 oldidan bosh murabbiy lavozimiga olib kelish uchun ishlarni qayta jonlantirdi.
Takidlanishicha, Italiyalik mutxassis muzokaralardagi har qanday ijobiy o'zgarish faqatgina yozda o'tishi rejalashtirilgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyingina amalga oshishi mumkinligini malum qilgan. Ungacha milliy terma jamoa JCH-2026 saralashi doirasida Ekvador va Paragvayga qarshi o'yinlar o'tkazadi. CBF (Braziliya futbol konfederaciyasi) prezidenti Ednaldo Rodriges u vaqtgacha Dorival Juniorni ishda qoldirish yoki Anchelotti bilan muzokaralar yakunlanguniga qadar vaqtinchalik boshqa murabbiyni tayinlash haqida bosh qotirmoqda.
"Globo"ning xabar berishicha, bir qancha manbalar hozir Anchelottining Braziliya terma jamoasiga kelishi ikki yil avvalgidan haqiqatga ancha yaqin deb hisoblamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Fikrlar