Braziliya-2014 jahon chempionati rasmiy koptoklari Pokistonda tayyorlanyapti (FOTO)
24 may 2014 17:56
Yangiliklar
Braziliya-2014 jahon chempionati rasmiy koptoklari Pokistonda tayyorlanyapti (FOTO)
Nima uchun aynan Pokiston? CHunki futbol sohasida mazkur davlat biror-bir yutuqlari bilan maqtana olmaydi. Ammo bu mamlakat Britaniya imperiyasining sobiq koloniyasi ekanligi unutmaslik lozim.
Afsonalarga ko'ra, o'tgan asr boshlarida Panjobda xizmat qilayotgan zobitlar futbol o'ynashga qaror qilishgan, ammo o'yin vaqtida ularning koptogi teshilib qolgan. Ular mahalliy etikdo'zdan koptokni tikib berishni iltimos qilishgan va u mamnuniyat bilan buni uddalagan.
SHundan so'ng o'sha etikdo'z ishlab chiqarishni o'zgartirishga qaror qilib, o'zining xususiy futbol koptoklarini ishlab chiqarishni boshlagan ekan. Bu tadbirkorlik o'z samarasini bergan: hozirgi kunda bitta Silyakotdagi fabrikaning o'zida bir yilda 70 million dona koptok ishlab chiqariladi va dunyo mamlakatlariga eksport qilinadi.
Fikrlar