So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  19 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

APL. "Brayton" "Tottenxem"ni yirik hisobda taslim qildi Yangiliklar

APL. "Brayton" "Tottenxem"ni yirik hisobda taslim qildi

Teglar :  TottenxemBrayton
"Brayton" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 8-tur uchrashuvi yakunlandi.

Brighton & Hove Albion

Neal Maupay - 3', Aaron Connolly - 32', Aaron Connolly - 65'

Premier League . 8-tur

05/10/2019, 17:30

0
:
3
Tugadi

Tottenham Hotspur

Stadion: The American Express Community Stadium, 30610 tomoshabin

Bosh hakam: Jonathan Moss

45'
90'
3'  Neal Maupay
32'  Aaron Connolly
57'  Dale Stephens
65'  Aaron Connolly
65'  Lewis Dunk
80'  Aaron Connolly (Yves Bissouma)
88'  Steven Alzate (Gaetan Bong)
89'  Lewis Dunk
90'  Dale Stephens (Glenn Murray)
9'  Hugo Lloris (Paulo Gazzaniga)
46'  Tanguy Ndombele (Harry Winks)
55'  Eric Dier
73'  Heung-Min Son (Lucas Moura)

"Brayton" – "Tottenxem" 3:0

Gollar: 1:0 – 3 Mope, 2:0 – 32 Konnolli, 3:0 – 65 Konnolli.

"Brayton": Rayan, Dank, Uebster, Bern, Montoyya, Gross, Elzeyt (Bong, 88), Muy, Stivens (Myurrey, 90), Konnolli (Bissuma, 80), Mope.

"Tottenxem": Loris (Gassaniga, 8), Alderveyreld, Devis, Vertongen, Sissoko, Lamela, Eriksen, Ndombele (Uinks, 46), Dayer, Son Xyon Min (Lukas Moura, 73), Keyn.

Ogohlantirishlar: Dayer (55), Stivens (57), Dank (89).



Bahs yakunlandi! 

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

86. Mouradan navbatdagi xavfli zarba, biroq bu safar ham Metyu Rayan o'z jamoasi joniga oro kirdi.

82. Lukas Moura raqib jarima maydonchasi oldida ikki futbolchini aldab o'tdi va darvozaga zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi va xavfni bartaraf etdi.

81. Muy va Mopey hujumda bir-birini tushuna olmadi va golli vaziyat qo'ldan boy berildi.

73. O'zgarish: Son Xyon Min o'rniga Lukas Moura maydonga tushdi.

71. Son, Erik, Garri uchligining qarshi hujumi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Keynning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

65. 3:0!!! "TOTTENXEM"GA NIMALAR BO'LYAPTI??? Aaron Konnoli chap qanotdan jarima maydonchasiga kirdi va erlatib uzoq burchakka zarba berdi. Paulo zarbani qaytara olmadi va hisob 3:0 ko'rinishiga keldi.

63. Groos jarima zarbasidan hisobni yiriklashtirishga urinib ko'rdi, biroq to'p darvoza to'siniga tegib, maydonni tark etdi.

58. Kristian Eriksen jarima zarbasi orqali raqib darvozasini nishonga olishga urindi, ammo to'p jonli devorga tegdi va hujum yo'qqa chiqdi.

56. O'yin tempi past. "Tottenxem" hisobni tenglashtirish uchun biror jiddiy vaziyat tashkil qila olgani yo'q.

47. Birinchi bo'lim statistikasi:

Zarbalar 11-2

Aniq zarbalar 4-1

Burchak zarbalari 2-0

Ofsaydlar 1-1


46. Jamoalar maydonga qaytishdi va ikkinchi taymga start berildi. "Tottenxem"da navbatdagi o'zgarish: Xarri Uinks Ndombele o'rniga maydonga tushdi.

----------------------------------------------------------------------------------------------------

45+7. TANAFFUS! 2:0, "Brayton" oldinda.

45+1. Birinchi bo'limga daqiqa qo'shib berildi.

44. LAMELAAA! Erik hisobni qisqartirishi mumkin edi, ammo u tepgan to'pni "Brayton" himoyachisi qaytardi, buning ustiga to'p yo'nalishi ham noaniq edi.

36. Konnolidan yana bir zarba, biroq bu safar biroz noaniq.

32. 2:0!!! "Brayton" futbolchilaridan navbatdagi gol! Aaron Konnoli burchakdan pastlatib uzatilgan to'pni darvozaga burdi, Gassanigga birinchi zarbani qaytardi. Aaron qaytgan to'pni osonlik bilan to'rga joylab qo'ydi. 

26. Nihoyat! "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen o'z jamoasining ilk aniq zarbasiga mualliflik qildi. Darvozabon daniyalik tepgan to'pni ushlab oldi.

24. "Brayton" tajovuzkor o'yin namoyish etishdan to'xtamayapti. Mezbonlar raqib jarima maydonchasiga yaqin hududda pressing uyushtirishyapti.

22. "Tottenxem" gol o'tkazib yuborganiga qaramay xotirjam o'ynashda davom etyapti. Kuchli oltilikdagi boshqa bir jamoa raqibini o'z jarima maydonchasiga qamab qo'ygan bo'lardi.

Ugo Loris maxsus xodimlar yordamida maydondan olib chiqib ketildi.

10. "Brayton"ning navbatdagi hujumi zarba bilan yakunlandi. Stiven tepgan to'pni Vertongen boshi bilan qaytarib, xavfni bartaraf etdi.

8. Ugo Loris jarohat olgan ko'rinadi, Paulo Gassaniga uning o'rniga maydonga tushdi.

3. GOOOL! "Brayton" hisobni ochdi, qanotdan uzatib berilgan to'p darvozaga ketayotgan edi, Ugo Loris to'pni ushlab oldi, ammo o'zi darvoza ichiga kirib ketayotgani tufayli to'pni qo'yib yubordi, "Brayton" futbolchisi Nil Mopey esa bo'sh darvozani boshi bilan ishg'ol qildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

- Jonatan Moss "Amerikan Ekspress Komyuniti" stadionidagi bahsni boshqaradi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика