"Brayton" Kaysedoni "Arsenal"ga 70 mln funtga sotishdan bosh tortdi
30 jan 2023 10:38
Yangiliklar
"Brayton" Kaysedoni "Arsenal"ga 70 mln funtga sotishdan bosh tortdi
"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Brayton" "Arsenal"ning yarim himoyachi Moyzes Kaysedo bo'yicha ikkinchi taklifini ham rad etdi.
"CHaykalar" bu gal 21 yoshli ekvadorlik futbolchini 70 mln funtga sotishdan bosh tortdi. Klub avvalroq 60 million funtlik taklifni rad etgandi.
Garchi o'yinchining o'zi jamoasini o'zgartirib, yuqoriga intilishga harakat qilayotgan bo'lsa-da, "Brayton" hamon futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas.
Kaysedo "Brayton"ga 2021 yilning fevralida kelib qo'shilgan. 2022/23 yilgi mavsum u jamoa safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Agar "Brayton" Kaysedoni "Arsenal"ga 70 mln funt evaziga qo'yib yuborsa, bu "chaykalar" tarixidagi rekord savdo bo'ladi.
Fikrlar