Branko Ivanovich: “Persepolis”ni qiyin o'yin kutib turibdi”
05 may 2015 17:16
Yangiliklar
Branko Ivanovich: “Persepolis”ni qiyin o'yin kutib turibdi”
“Persepolis” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida tehronliklar ustozi ishtirok etdi.
- Avvalo, muxlislarni ertangi uchrashuvga chorlab qolgan bo'lardim. Hozir “Persepolis” uchun ishqibozlar daldasi juda-juda muhim. “Bunyodkor”ga qarshi bo'lib o'tadigan muhim bahsda muxlislarimiz yordami bilangina g'alaba qozonishimiz mumkin. “Bunyodkor”ning musobaqa jadvalidagi o'rni o'ziga umuman yarashmaydi. CHunki jamoa ko'rsatayotgan o'yin guruh autsayderlarga xos emas. SHuni aniq ayta olamanki, “Persepolis”ni juda murakkab o'yin kutib turibdi. Yana bir narsa. Keyingi bosqichga chiqishimiz uchun durang ham kifoya qilishi mumkin. Biroq bunday holatda taqdirimiz “Al-Nasr” – “Lahviya” uchrashuviga bog'liq bo'lib qoladi. SHunday ekan, ertaga faqat g'alaba qozonish haqida o'ylashimiz kerak. Yarim himoya va orqa chiziqdagi futbolchilarimizdan xushyorlikni, hujumchilarimizdan esa aniqlikni kutib qolaman, - deydi Branko Ivanovich.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar