Branko Ivankovich: "Ummonni jahon chempionatiga olib chiqa olaman"
01 iyu 2020 12:07
Yangiliklar


Branko Ivankovich: "Ummonni jahon chempionatiga olib chiqa olaman"
Ummon terma jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivankovich JCH-2022 saralash bosqichi muvaffaqiyatli kechishini takidladi.
Malumki, o'tgan yilning dekabr oyida Ervin Kuman Ummonni tark etib, shundan so'ng Branko Ivankovich yangi murabbiy etib tayinlangandi. 65 yoshli mutaxassis "Oman Daily" gazetasiga bergan intervyusida shunday dedi:
- "Men jamoa bilan qisqa muddat ishladim, lekin bir olam taassurot oldim. Jamoada iqtidorli futbolchilar ko'p ekan, faqat menga barcha bilan yaqindan tanishib olish uchun vaqt kerak bo'ladi".
- "Jahon chempionati saralash bahslari yaxshi o'tyapti. Biz Qatardan bor-yo'g'i bir ochko ortda boryapmiz. Men xotirjamman. Ummon terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqa olaman. Bunga har kuni ishonyapman. Koronavirus pandemiyasi tugab tezroq futbolga qaytishni xohlayman".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar