Branko Ivankovich: "Biz xotirjammiz"
07 may 2018 08:31
Yangiliklar
Branko Ivankovich: "Biz xotirjammiz"
Bugun Osiyo chempionlar ligasining 1/8 final dastlabki bahslariga start beriladi.
Bugun Eronning "Persepolis" klubi BAAda "Al Jazira" mehmoni bo'ladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi. Uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanida eronliklar ustozi Branko Ivankovich raqibdan aslo cho'chimayotganini aytib o'tdi.
"Biz kekkayishimiz kerak emas, lekin xotirjammiz. "Al Jazira" kuchli jamoa va uyda o'ynash ularga ustunlik beradi. Ammo biz ham to'qnashuvga tayyormiz. Tarkibda bitta yo'qotish bor: BAAga Jalol Husayni kela olmadi. Men raqibning "Al Vahda"ga qarshi o'yinini ko'rdim. Ular 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi, ammo CHempionlar ligasi butunlay boshqa musobaqa ekanini unutmaylik. "Persepolis" oxirgi yillarda ancha kuchaydi va raqibdan qo'rqadigan joyimiz yo'q", - deydi xorvatiyalik murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar