"Yuventus" joriy mavsum oxiriga qadar "Chelsi" himoyachisi Branislav Ivanovich bilan shartnoma imzolamoqchi.
Bu haqda "Tuttosport" ma'lumot berdi. 32 yoshli serbning London klubi bilan shartnoma muddati 2017 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Turinliklar futbolchini erkin agent sifatida taklif qilishmoqchi.