Branislav Ivanovich APLga qaytayotgani tasdiqlandi
13 sen 2020 21:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/592074_original.jpg)
![](/upload/storage/592074_220.jpg)
Branislav Ivanovich APLga qaytayotgani tasdiqlandi
“Zenit” bilan shartnomasi yakunlangan serbiyalik himoyachi Angliyaga qaytmoqda.
Jurnalist Simon Stounning xabar berishicha, “Vest Bromvich” bosh murabbiyi Slaven Bilich Branislav jamoa azosiga aylanishini tasdiqlagan. Kelishuv kecha imzolangan edi, ammo rasmiy xabar yaqin orada elon qilinishi ko'zda tutilgan.
Ivanovich 2017 yilning yozidan beri “Zenit” sharafini himoya etib kelayotgandi. “Vest Bromvich” esa CHempionshipning o'tgan mavsumida 2-o'rinni egallab, APLga qaytishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar