So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

“Brain Ring”: Sardor Azimov 13 ta savolimizga to'g'ri javob berib 65 ball jamg'ardi Yangiliklar

“Brain Ring”: Sardor Azimov 13 ta savolimizga to'g'ri javob berib 65 ball jamg'ardi

Loyihamizning ilk soniga “Bunyodkor” klubi futbolchisi Akrom Komilov tashfir buyurib 80 ball jamg'arganidan xabaringiz bor.

“Brain Ring”ning ikkinchi sonida esa Akrom Komilov bilan bir jamoa sharafini himoya qiluvchi futbolchi Sardor Azimov mehmon bo'ldi.

Dildora Xolboeva: Sardor loyihamizni boshlashdan avval maktab davrida qanday o'qiganingiz haqida gapirib bersangiz?
Sardor Azimov: Maktabda hamma bollar qatori 4, 5 baho olib o'qiganman. Matematika, biologiya fanlariga 5, 6 sinfgacha qiziqib o'qiganman. Ona tili va adabiyotga u darajada qiziqmaganman. Maktabda alochi bolalar safida emas edim. Futbolni tanlaganimdan so'ng maktab men uchun ikkinchi o'ringa tushib qolgan edi. Futbolsiz o'zimni tasavvur qilaolmas edim.

Jahongir Sotvoldiev:  Sardor men sizni loyihamiz shartlari bilan tanishtirib o'taman. Demak sizga 20 ta savol beriladi, bulardan 10 tasi futbol haqida bo'lsa qolgan 10 tasi boshqa soha haqida bo'ladi. Har bir to'g'ri javob uchun 5 ball beriladi. Har bir savolga javobni o'ylab olish uchun sizga 30 soniya taqdim etiladi. SHu 30 soniya ichida savolga javob bera olmasangiz u holda savolning javobini o'zim aytishimga to'g'ri keladi. Agarda javob berishga qiylansangiz sizda 2 ta imkoniyat bo'ladi. Imkoniyatlardan biri 50/50, yani bitta savoldan 2 ta noto'g'ri javobni olib tashlanadi. Ikkinchisi esa do'stingizga qo'ng'iroq qilib savolning javobini so'rashingiz mumkin. Siz istalgan payt mana shu imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin. Demak savollarni berishni boshlaymiz, omad yor bo'lsin. 


Jahongir Sotvoldiev:  1986 yilgi Jahon chempionatiga qaysi davlat mezbonlik qilgan?
A) Ispaniya     S) Meksika   
B) Janubiy Koreya    D) Germaniya

Sardor Azimov: Janubiy Koreya bo'lsa kerak.
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz noto'g'ri. To'g'ri javob Meksika

Dildora Xolboeva: Quyosh sistemasidagi 6 chi sayyoraning nomi?
A)Saturn  B)Yupiter   
C)Mars  D)Er

Sardor Azimov: Saturn
Dildora Xolboeva: To'g'ri javob berdingiz

Jahongir Sotvoldiev: 1994 yili Qaysi terma jamoa Jahon chempioni bo'lgan?
A) Angliya     S) Argentina   
B) Germaniya     D) Braziliya
Sardor Azimov: Braziliya
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz.

Dildora Xolboeva: Mashhur “Nu pogodi” (Senimi shoshmay tur!) multfilmida bo'ri obraziga qaysi aktyor ovoz bergan?
A) Andrey Mironov  B) Anatoliy Reznikov   
S)Anatoliy Papanov  D) Mixail CHernyak
Sardor Azimov: Imkoniyatlardan foydalanaman, yani 50/50.


Dildora Xolboeva: Demak men 2 ta noto'g'ri javobni olib tashlayman. Andrey Mironov va Mixail CHernyak variantlarini olib tashladim. Sizda 2 ta “V” va “S” variantlari qoldi. Andrey Reznikov  yoki Anatoliy Papanov qaysi javob to'g'ri.
Sardor Azimov: Anatoliy Reznikov
Dildora Xolboeva: Siz imkoniyatdan foydalana ololmadingiz. To'g'ri javob esa Anatoliy Papanov

Jahongir Sotvoldiev: Mashhur "Santyago Bernabeu" stadioni nechanchi yilda ochilgan?
A)1947      S) 1955     
B) 1950     D) 1960

Sardor Azimov: 1947
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz noto'g'ri. To'g'ri javob esa 1955 yil.

Dildora Xolboeva: Inson organizmida nechta suyak bor?
A)206  B)202   
S)204  D)200
Sardor Azimov: Imkoniyatdan foydalanaman, onamga qo'ng'iroq qilaman. CHunki, bu sohaga onam tushinadilar. Inson organizimida 206 ta suyak bor ekan.
Dildora Xolboeva: Javobingiz to'g'ri

Jahongir Sotvoldiev:  Klublar o'rtasida Jahon chempionatida 2006 yili qaysi jamoa bosh sovrinni qo'lga kiritgan?
A) “Internacional”   S) “CHonbuk Motors”     
B) “Barselona”     D) “Okland Siti”
Sardor Azimov: “Internacional”
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz. O'shanda “Internacional” klubi finalda “Barselona” jamoasini 1:0 hisobida mag'lub etgan.


Dildora Xolboeva: Atlantika okeanida o'rdakcha bo'lib suzib yuradigan davlat?
A)Irlandiya  C)Italiya   
B)SHotlandiya  D)Islandiya     
Sardor Azimov: Islandiya
Dildora Xolboeva: To'g'ri javob berdingiz.

Jahongir Sotvoldiev: “Manchester Yunayted” klubi sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyusson nechanchi yili MYUda ish boshlagan?
A) 1980    S)1986.   
B) 1984  D)1988
Sardor Azimov: 1984 yildan boshlab ish boshlagan bo'lsa kerak.
Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz noto'g'ri. To'g'ri javob esa 1986 yil.

Dildora Xolboeva: Milliy kinoyimiz “Suyunchi” filmi qaysi mashhur rejissyor suratga olgan?
A)Melis Abzalov  S)Ali Hamroev     
V)Zulfiqor Musoqov  D)SHuhrat Abboso'v
Sardor Azimov: Melis Abzalov
Dildora Xolboeva: To'g'ri javob berdingiz


Jahongir Sotvoldiev: “Lokomotiv” klubi futbolchisi Timur Kapadze O'zbekiston milliy terma jamoasi safida nechta o'yin o'tkazgan?
A) 119       S)120     
B)110     D) 115
Sardor Azimov: Aniq bilaman 119ta
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz.

Dildora Xolboeva: Ilk olimpiadada umumjamoa hisobida qaysi davlat birinchi pog'onani egallagan?
A)Greciya   S)Germaniya   
V)Amerika   D)Franciya
Sardor Azimov: Amerika
Dildora Xolboeva: To'g'ri javob berdingiz

Jahongir Sotvoldiev: O'zbekiston milliy terma jamoasi safida kim eng ko'p gol urgan?
 A) Mirjalol Qosimov   S) Maksim SHackix     
B) Igor SHkvirin     D) Jafar Irismetov
Sardor Azimov: Maksim SHackix
Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz

Dildora Xolboeva: Iena qaysi davlat pul birligi?
A)Xitoy  S)Yaponiya   
V)Janubiy Koreya  D)Tailand
Sardor Azimov: Janubiy Koreya
Dildora Xolboeva: Noto'g'ri javob berdingiz. To'g'ri javob esa “S” varianti Yaponiya.


Jahongir Sotvoldiev:  Jafar Irismetov futbolchilik paytida Greciyaning qaysi klubida to'p tepgan?
A) “Olimpiakos”     S) “AEK” Afina   
B) “Panatinaikos”      D)”PAOK”
Sardor Azimov: “AEK” Afina bo'lsa kerak.
Jahongir Sotvoldiev: Bu safar ham noto'g'ri javob berdingiz. To'g'ri javob “Panatinaikos”

Dildora Xolboeva:  “Troya” filmida Gektor obrazini qaysi aktyor ijro etgan?
A)Bred Pitt    S)Erik Bana   
V)Orlando Blum  D)SHon Bin
Sardor Azimov: Erik Bana
Dildora Xolboeva:  To'g'ri javob berdingiz

Jahongir Sotvoldiev: “Bunyodkor” (Quruvchi) klubining ilk murabbiyi kim bo'lgan?
A) Mirjalol Qosimov  S) ZIKO   
 B) Hikmat Ergashev  D) Mavzur Umarxo'jaev
Sardor Azimov: Mavzur Umarxo'jaev
Jahongir Sotvoldiev:  To'g'ri javob berdingiz

Dildora Xolboeva: Ilk Olimpiada nechanchi yili o'tkazilgan?
A)1896     S)1904   
V)1900     D)1908
Sardor Azimov:  1896 yil
Dildora Xolboeva: Javobingiz to'g'ri.


Jahongir Sotvoldiev: O'zbekiston milliy terma jamoasi 2005 yilgi JCH saralash bahsida Toshkentda qaysi terma jamoaga qarshi o'ynaganda “Paxtakor” stadioniga 55 000 muxlis tashrif buyurgan edi?
A)Yaponiya  S) Janubiya Koreya   
B)Baxrayn  D) Avstraliya
Sardor Azimov: Yaponiya terma jamoasi bilan bo'lsa kerak
Jahongir Sotvoldiev: Afsuski javobingiz noto'g'ri. To'g'ri javob esa Bahrayn. O'shanda milliy terma jamoamiz 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Yagona golga esa Mirjalol Qosimov mualliflik qilgan.

Dildora Xolboeva: “Mahallada duv duv gap ” filmi nechanchi yilda suratga olingan?
 A)1990     S)1966   
V)1960     D)1980
Sardor Azimov: So'nggi javobim 1960
Dildora Xolboeva: To'g'ri javob berdingiz. Aynan “Mahallada duv duv gap” filmi 1960 yilda suratga olingan.



Dildora Xolboeva: Bu loyihamizdagi oxirgi savolga javobingiz edi. So'nggi so'z o'rnida, loyihamiz haqida qanday fikr bildirasiz va muxlislarga tilaklaringiz?

Sardor Azimov: Juda ham zo'r loyiha o'ylab topibsizlar. Ajoyib savollar, mazza qildim. Menda yaxshi taassurot qoldirdi. 2005 yili O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan Bahrayn terma jamoalari o'rtasidagi o'yin haqidagi savol juda ham qiziqarli va bahsli bo'ldi. SHu savol menga yoqdi. Loyihanglarga omad kayfiyatim ancha ko'tarildi. Bundan keyingi ishlaringda omad tilayman. “Brain Ring” loyihasining keyingi soniga “Lokomotiv” klubi futbolchisi Sanjar SHoahmedov kelsa kerak deb o'ylayman.

Bizni qo'llaab-quvvatlab turishgani uchun muxlislarimizga alohida rahmat aytaman. Doim sog' va salomat bo'lishsin. Yurtimiz tinch osmonimiz musaffo bo'lsin. Tinchlik hotirjamlik bo'lsin, mehnat qilishdan to'xtamanglar.


Jahongir Sotvoldiev va Dildora Xolboeva

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика