So’nggi yangiliklar

22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  3 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  1 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  99 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  15 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  23 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  6 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0

“Brain Ring”: Akrom Komilov 16 ta savolga to'g'ri javob berib 80 ball jamg'ardi Yangiliklar

“Brain Ring”: Akrom Komilov 16 ta savolga to'g'ri javob berib 80 ball jamg'ardi

Saytimizda yangi “Brain Ring” loyihasining ilk soniga “Bunyodkor” klubi himoyachisi Akrom Komilov taklif etildi.

Futbolchilar maydonda mahorat bilan harakat qilishadi, lekin ular qay darajada bilimli ekanligini bilish maqsadida ushbu loyihamizni amalga oshirishga qaror qildik. 

Akrom avvalam bor loyihamizning ilk soniga xush kelibsiz. “Brain Ring” loyihasining qoidasi shundan iboratki, sizga 1 ta savol bilan murojaat qilamiz, shu savolni 4 ta variatni ham bo'ladi. Sizda 2 ta imkoniyat bo'ladi, bittasi 50/50, yani bitta savoldan 2 ta noto'g'ri bo'lgan variant olib tashlanadi. Ikkinchi imkoniyat esa do'stingizga qo'ng'iroq qilib to'g'ri javobni so'rab bilib olishingiz mumkin. Har bir savolning javobi 5 ballik sistemada baholanadi. Demak savollarni berishni boshlaymiz.


Dildora Xolboeva: Maktabdagi damlarni eslay olasizmi, maktabda nechchi bahoga o'yigansiz?

Akrom Komilov:  to'g'risini aytsam, 5-sinfgacha alo baholarga o'qiganman desam ham bo'ladi. 5-sinfdan keyin o'qishga ham unchalik qiziqish qolmagan va biz uchun birinchi o'rinda sport bo'lib qolgan. 

Dildora Xolboeva: Qaysi davlatda bir xil familiyalik insonlarning nikohiga yo'l qo'yilmaydi?

A) Xitoy      S) Kanada  

B) Janubiy Koreya   D) Xindiston

Akrom Komilov: Menimcha “D” varianti to'g'ri bo'lsa kerak deb o'ylayman. So'ngi javobim Xindiston.

Dildora Xolboeva: “D” varianti ham to'g'ri bo'lishi mumkin edi, agarda “B” variatni bo'lmaganida. Afsuski sizning javobingiz noto'g'ri. To'g'ri javob Janubiy Koreya

Jahongir Sotvoldiev: Mustaqillikka erishganimizdan so'ng  O'zbekiston milliy terma jamoasiga nechanchi yili asos solingan?

A) 1994                 S)1992                                  

B)1993                   D) 1995


Akrom Komilov: Mustaqillikka erishganimizdan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasiga 1993 yil asos solingan.

Jahongir Sotvoldiev: Afsuski ushbu savolimizga ham to'g'ri javob bera olmadingiz. To'g'ri javob esa “S” varianti 1992 yil.

Dildora Xolboeva: Titanik kemasi nechanchi yilda cho'kib ketgan?

A) 1914        S) 1915                                  

B) 1917        D) 1912

Akrom Komilov: Titanik filmini ko'p ko'rganman. Aniq bilmayman-ku, lekin 1912 javobi to'g'ri bo'lsa kerak. 

Dildora Xolboeva: Titanik kemasi siz aytgandek 1912 yilda cho'kib ketgan. 

Jahongir Sotvoldiev: 1994 yilgi osiyo o'yinlarida Janubiy Koreya terma jamoasi darvozasiga yagona golni urgan futbolchi kim?

A) Azamat Abduraimov          S) SHuhrat Maqsudov                                

B)Mirjalol Qosimov     D)Igor SHkvirin 


Akrom Komilov: Bu savolning javobi “D” varianti, yani Igor SHkvirin

Jahongir Sotvoldiev: Siz bergan javob noto'g'ri. To'g'ri javob esa “A” varianti Azamat Abduraimov.

Dildora Xolboeva: “Terminator” filmini qaysi kino rejissyor suratga olgan?

A) Stiven Spilberg      S) Ridli Skott                        

B) Jeyms Kemeron      D) Kventinu Tarantino

Akrom Komilov: Imkoniyatdan foydalanaman yani 50/50. 

Dildora Xolboeva: Demak biz 2 ta noto'g'ri variantni olib tashlaymiz. “S” hamda “D” variantlarini olib tashlaymiz. Sizda 2 ta variant qoldi. “A” Stiven Spilberg va “V” Jeyms Kemeron. Qaysi javob to'g'ri.

Akrom Komilov: Aniq javobim “A” varianti Jeyms Kemeron.

Dildora Xolboeva: To'g'ri javob berdingiz. Ushbu kino rejissyor “Titanik” va “Terminator” filmlarini suratga olgan. 

Jahongir Sotvoldiev: Ispaniyaning “Real Madrid” klubi necha marotaba ECHL musobaqasida g'olib chiqqan?

A) 9                 S)15                                  

B)20             D) 11

Akrom Komilov: Bu savolni javobini aniq bilaman “Real” madrid klubi ECHL kubogini 11 marotaba qo'lga kiritgan.

Jahongir Sotvoldiev: Sizning javobingiz mutlaqo to'g'ri.

Dildora Xolboeva: Ingliz tili alifbosida nechta harf bor?

A) 25  S) 26  B) 27  D) 29 

Akrom Komilov: “A” varianti to'g'ri bo'lsa kerak. Ingliz tilida 26 ta xarf bor.

Jahongir Sotvoldiev: 1998 yilgi jahon chempionatida kim bosh sovrinni qo'lga kiritgan?

A) Italiya      S)Germaniya                                  

B)Franciya     D) Braziliya

Akrom Komilov: Imkoniyatdan foydalanaman. Dadamga qo'ng'iroq qilaman.


Franciya aniq javob ekan. O'shanda Franciya terma jamoasi Braziliya termasiga qarshi bahs olib borgan va yirik 3:0 hisobida g'alabaga erishgan.

Jahongir Sotvoldiev: Albatta to'g'ri javob Franciya

Dildora Xolboeva: Dunyodagi eng kichik davlat qaysi variantda ko'rsatilgan?

A) Vatikan     S)Lixtenshteyn        

B)Monako    D) San-Marino

Akrom Komilov: Taxmin qilib ko'raman “A” variatni bo'lsa kerak, Vatikan.

Dildora Xolboeva: Albatta bu Vatikan davlati.

Jahongir Sotvoldiev: Futbolda, o'yin paytida 1-jamoa 2-jamoa darvozabonini aldab o'tib to'pni bo'sh qolgan darvoza tomon zarba bersayu, lekin darvoza tomon kelayotgan to'pni himoyachi butsasini otib to'pni urib tushirsa hakam qanday qaror qabul qiladi?

A)Hech nima bo'lmaydi va o'yin davom etadi  

B) 1- jamoa futbolchisi ogohlantiriladi va jarima zarbasi belgilanmaydi.  

S) Qoida buzgan futbolchi 3 ta o'yinga chetlatiladi

D) 1-jamoa darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilanadi

Akrom Komilov: “D” varianti to'g'ri bo'lsa kerak. Ushbu vaziyatda penalti belgilanadi.

Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob berdingiz. 

Dildora Xolboeva: "SHrek" multfilmida Antonio Banderas qaysi qahramonga ovoz bergan?

 A) Eshshakga ovoz bergan  S) Pinokkioga ovoz bergan    

B) Mushukka ovoz bergan  D) SHrekka ovoz bergan

Akrom Komilov: Mushuk obraziga ovoz bergan.

Dildora Xolboeva: Haqiqatdan ham Antonio Banderas “SHrek” multfilmida mushukka ovoz bergan.


Jahongir Sotvoldiev: FIFA referisi Ravshan Ermatov necha marotaba jahon chempionati uchrashuvlarini boshqargan?

A) 9                 S)8                                  

B)7             D) 5

Akrom Komilov: FIFA hakami Ravshan aka Ermatov Jahon chempionatlari tarixida eng ko'p 9 ta uchrashuvni baoqargan.

Jahongir Sotvoldiev: Javobingiz mutlaqo to'g'ri.

Dildora Xolboeva: Bokschimiz Bahodir Jalolov Rio 2016 olimpiadasida qaysi bosqichga qadar etib bordi?

A) Saralashdan o'ta olmadi.       S) Yarim finalga qadar etib bordi.  

B) CHorak finalga qadar etib bordi.  D) Finalga qadar etib bordi

Akrom Komilov: CHorak finalga qadar etib bordi.

Jahongir Sotvoldiev: To'g'ri javob ham mana shu edi chorak finalga qadar etib bordi.

Keyingi savolga o'tamiz. Ilk jahon chempionatida nechta terma jamoa ishtirok etgan?

A) 16     S)13       B)20  D) 32

Akrom Komilov: Ilk jahon chempionati Urugvay davlatida bo'lib o'tgan va 13 ta terma jamoa ishtirok etgan. 

Jahongir Sotvoldiev: Albatta 1930 yilgi jahon chempionatida 13 ta terma jamoa ishtirok etgan. 

Dildora Xolboeva: Taekvondochimi Dmitriy SHokin Rio olimpiadasida qaysi taekvondochiga  mag'lub bo'ldi?

A) CHa Don Min    S) Ossama Oueslati             To'g'ri javob (A) 

 B) Sen Kiao                   D) Rafael Kastillo

Akrom Komilov: CHa Don Min deb o'ylayman. 

Dildora Xolboeva: Sizning javobingiz to'g'ri. 

Jahongir Sotvoldiev: Braziliya 5 karra jahon chempioni bo'lgan. Qaysi terma jamoa 4 marotaba dunyo birinchiligi g'olib bo'lgan? 

Akrom Komilov: Aniq Germaniya terma jamoasi 4 marotaba Jahon chempioni bo'lgan. 

Jahongir Sotvoldiev: Haqiqatdan ham Germaniya terma jamoasi 4 marotaba JCHda bosh sovrinni qo'lga kiritgan. 

Dildora Xolboeva: Dzyudochimiz Rishod Sobirov Rio 2016 Olimpiadada qaysi medalni qo'lga kiritdi?

A)Oltin                S) Kumush            B)Bronza                   D) Medal qo'lga kirita olmadi


Akrom Komilov: Bu savolni bilmasam uyat bo'lar dzyudochimi Rishod Sobirov Rio 2016 musobaqasida bronza medalini qo'lga kiritgan. 

Dildora Xolboeva: To'g'ri javob berdingiz. 

Jahongir Sotvoldiev: FIFAning birinchi prezidenti kim?

A) Rober Geren (Franciya)     S) Zepp Blatter (SHveycariya)                                  

B) Jyul Rima (Franciya)         D) Joao Avelanj (Braziliya)

Akrom Komilov: Rober Geren bo'lsa kerak. 

Jahongir Sotvoldiev: Aniq javob ham Gober Geren 1904 yili FIFAning ilk prezidenti bo'lgan. 

Dildora Xolboeva: Dunyo xaritasida qaysi davlat etik ko'rinishiga o'xshaydi?

A) Gonduras                                  S) Italiya          

B) Argentina                               D)Kolumbiya

Akrom Komilov: Italiya davlati etik ko'rinishiga o'xshaydi. 

Dildora Xolboeva: Tabriklayman siz mening so'ngi savolimga to'g'ri javob berdingiz, savolning javobi Italiya. 

Jahongir Sotvoldiev: Italiyaning “Milan” klubi ECHLda necha marotaba bosh sovrinni qo'lga kiritgan?

A) 3           S)7       B)5   D) 9                                                                                                                                                                                                        

Akrom Komilov: Yoshligimdan “Milan” jamoasi muxlisiman buni bilmasam ham uyat bo'ladi, 7 marotaba ECHL musobaqasi g'olibi bo'lgan.

Jahongir Sotvoldiev: Albatta “Milan” klubi 7 marotaba g'olib bo'lgan

Jahongir Sotvoldiev:  Siz bugungi loyihamizda 16 ta savolimizga to'g'ri javob berib, 80 ball jamg'ardingiz. Loyihamizga yo'q demasdan tashrif buyurganingiz uchun katta rahmat. Kelgusidagi faoliyatingizga omad tilaymiz.

Akrom Komilov: "Ushbu “Brain Ring” loyihasining birinchi soniga meni taklif qilganingizdan juda ham xursandman. Kelgusida ishlaringizga omad tilayman. To'g'ri, savollar men uchun biroz qiyinchilik tug'dirgani barobarida o'zim bilmagan malumotlarni bilib oldim. Juda ham qiziqarli loyiha ekan, menga yoqdi. Butun O'zbekiston axlini mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Mana shu xursandchilik bilan 1 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasini qo'llab-quvvatlashlarini tilab qolaman. Terma jamoamizga omad tilayman. Terma jamoamiz g'alaba qozonsa mustaqilligimiz uchun ajoyib sovg'a bo'ladi".


Jahongir Sotvoldiev va Dildora Xolboeva suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика