"Braga" "Manchester Siti" himoyachisini ijaraga oldi
21 avg 2021 22:10
Yangiliklar
"Braga" "Manchester Siti" himoyachisini ijaraga oldi
"Braga" o'z rasmiy saytida "Manchester Siti" o'ng qanot himoyachisi Ian Kouto ijaraga olingani haqida xabar berdi.
Portugaliya klubi 19 yoshli futbolchini 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
"SHaharliklar" braziliyalik fulbekni o'tgan mavsumda 6 million evroga sotib olib, "Jirona"ga ijaraga yuborgan edi.
Koutoning "Manchester Siti" bilan kelishuvi 2025 yilning iyunigacha amal qiladi.
Fikrlar