So’nggi yangiliklar

02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  1 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  0 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  34 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  32 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  101 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  14 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9

Mutolaa uchun. "Bozorning so'nggi kunida bunday qilishmaydi". Nega "Barsa" JCH-2022 yarim finalchisini olmadi Yangiliklar

Mutolaa uchun. "Bozorning so'nggi kunida bunday qilishmaydi". Nega "Barsa" JCH-2022 yarim finalchisini olmadi

Amrabat Ispaniyaga ketishga shunchalik ishondiki, keyinroq kechirim so'rashga ham to'g'ri keldi.


"Barselona" baribir qishki transfer oynasida birorta yangi o'yinchini o'z safiga qo'shib olmadi. SHu bilan birga, "ko'k-anorranglilar" safini himoyachi Ektor Belerin (Lissabonning "Sporting" klubiga ketdi) va hujumchi Memfis Depay ("Atletiko"ga o'tdi) tark etdi. Kataloniyaliklar esa qishki oynaning so'nggi kunlarida o'rta chiziqlarini Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Sofyan Amrabat va "Los-Anjeles Gelaksi"dan Xulian Arauxo bilan kuchaytirishmoqchi edi. Arauxo bilan vaziyat tushunarli bo'lsa ("Barsa" direktori klub hujjatlarni yuborish uchun 18 soniya kechikkanini malum qildi), Amrabat bilan esa barchasi chalkash.


Nega klublar transfer bo'yicha kelishuvga erishishmadi?


Ispan OAV "Barsa" futbolchining xohishiga qaramay, bitim tuzilishidan ancha yiroq bo'lganini takidladi. Amrabat o'tgan jahon chempionatida o'zini yorqin tarzda ko'rsatdi va ayrim klublar skautlarining diqqatini jalb qildi.

Marokashlikning bunday perfomansdan so'ng "Fiorentina"ni tark etishi va yuqoriroq darajaga yo'l olishi taxmin qilingan edi. Ammo, Sofyan Florenciyada kamida mavsum so'nggiga qadar qoladigan bo'ldi.



Nega "Barselona" o'yinchining o'tishi borasidagi bitimni rasmiylashtira olmadi. Marca malumotiga ko'ra, barcha jarayonlarni Amrabatning agentlari amalga oshirishdi. Ular futbolchini "Barselona"ga taklif qilishdi va ispan klubining afrikalikni majburiy xarid qilish bandi bilan ijaraga olishini kutishdi. "Barsa" esa bunday variantni moliyaviy feyr-pley bilan ehtimoliy muammolar sabab rad etdi.

Agentlar tinchishmadi va ikkinchi taklifni berishdi — majburan xarid qilish huquqisiz ijara yoki kamroq pul uchun xarid qilish bandi. Tabiiyki, bu "Barselona"ga yoqdi, ammo bitim amalga oshirilmadi. Sababi "Fiorentina" vakillari so'nggi vaziyatlarga qadar yangi variant haqida hech narsa bilishmadi! Bilgan paytlarida esa dahshatga tushishdi. "Bozorning so'nggi kunida bunday qilinmaydi", — deya qayd etildi italyan klubida.



Amrabatni "Fiorentina" tarkibidan olishdi, ammo kechirim so'raganidan so'ng qaytarishdi


Amrabatning o'zi "Kamp Nou"ga yo'l olishni juda xohlagandi va "Fiorentina"ga jiddiy bosim o'tkazdi. "Barselona" tomonidan qiziqishni eshitgan yarim himoyachi ertalabki mashg'ulotlarga kelmadi. Sofyan bundan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda post chop etdi: "Hozir jurat eting, kelajak hech kimga vada qilinmagan".

Ammo, "Fiorentina" taslim bo'lmadi. Florenciyaliklarning muhim o'yinchini qisqa muddatda o'rinbosar topa olishmasliklari sabab ham qo'yib yubormasliklari tushunarli edi.

Amrabat noqulay vaziyatga tushdi, sababi uni "Fiorentina" tarkibidan chetlatishdi. Ammo, futbolchi tezda kechirim so'radi va uni "Torino" (2:1) bilan kubok o'yinining so'nggi daqiqalarida maydonga tushirishdi. "Fiorentina"ning ayrim muxlislari marokashlikni qichqiriqlar bilan qarshi olishdi. Aytgancha, "Barselona" muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda italyan klubi rahbarlarini o'yinchini qo'yib yuborishga undagan holda, #freeAmrabat xeshtegini yaratishdi.



"Bozorning so'nggi kunida ko'p narsalar sodir bo'ladi, — dedi "Fiorentina" sport direktori Daniele Prade. — Amrabat bilan voqea ertalab 10da boshlandi va yarim kechasi yakunlandi. U kechirim so'radi va jamoaga oxirigacha yordam beradi, sababi u haqiqiy jangchi. Hech kimni qo'yib yubormaymiz dedik va shunday qildik. Men "Barselona"ning harakatini sharhlamayman.

Sky Sport malumotiga ko'ra, Kataloniya klubi "Fiorentina"ga 36 million evroga xarid qilish huquqi bilan Amrabatning ijarasi uchun 4 million evro taklif qilgan. Italyan klubi yarim himoyachini kamida yozga qadar saqlab qolishni xohlayotgani sabab, bunga rad javobini berdi. "Amrabat bilan qiziqdik, — deya tan oldi "Barselona" direktori Mateu Alemani. — Bu variantni kelajak uchun deya nomlash mumkinmi? Qishda aniq taklif berdik, yozda esa ko'ramiz".


Championat.com saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика