So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  3 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Bo'yi bilan ajralib turadigan Evgeniy Safonov esingizdami, u bugun 42 yoshga to'ldi Yangiliklar

Bo'yi bilan ajralib turadigan Evgeniy Safonov esingizdami, u bugun 42 yoshga to'ldi

Bugun, 6 iyul kuni O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq darvozaboni Evgeniy Safonov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Evgeniy Safonov - 1977 yilning 6 iyul kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Darvozabonlikni tanlagan Jenya 19 yoshida «Do'stlik» jamoasi tarkibida oliy ligada debyut qilgan. Ikki yil davomida poytaxt viloyati jamoasi sharafini himoya qilgan Safonov 1999 yilda Samarqandning «Dinamo»siga ko'chib o'tdi. 2000 yilda esa Rossiyaga yo'l oldi va Yaroslavlning «SHinnik» klubi bilan shartnoma imzoladi. Evgeniy olti mavsum davomida ushbu jamoa sharafini himoya qildi. 2000 yilning 1 noyabr kuni Rossiya birinchi divizionida debyutini nishonlagan. Aynan «SHinnik» tarkibida o'tkazgan yillari uning faoliyatidagi yorqin lahzalar sifatida tarixga muhrlandi, desak mubolag'a bo'lmaydi. 

Safonov futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning «Ural», «Ryazan», Qozog'istonning «Megasport» jamoalari safida to'p tepdi. Faoliyatining so'nggi qismida Samarqandning «Dinamo» sharafini himoya qildi. 1999-2006 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida maydonga tushdi. 

Fursatdan foydalanib, saytimiz o'quvchilari va xodimlari nomidan Evgeniy Safonovni bugungi tavallud kuni bilan muborakbod etamiz. Tez orada Safonov bilan bog'lanib, u bilan intervyu uyushtiramiz. Bizni kuzatishda davom eting. 

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика