Botir Rahimov: "Jamoa uchun menejer masul sanaladi"
03 jan 2014 17:46
Yangiliklar

Botir Rahimov: "Jamoa uchun menejer masul sanaladi"
Klub Prezidentining batafsil bayonotini etiboringizga taqdim etamiz.
"Avvalambor, "Paxtakor" FKning barcha xodimlari, jamoa muxlislari va O'zbekistondagi barcha ishqibozlarni yangi 2014 yil bilan tabriklayman. Futbolchilarga yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini yaxshi o'tkazib, bizni chiroyli va hujumkor o'yin bilan xursand etishlarini tilayman. SHu bilan birga ularning o'yinlarini ko'rganlar manaviy zavq olishsin. "Paxtakor" va boshqa jamoalar muxlislariga sihat-salomatlik, sevimli klublari ularga g'alabalar yordamida xursandchilik ulashishsin. Klubimiz uchun oxirgi bir necha yillarda iqtidorli yoshlarni tarbiyalash muhim o'rin tutdi. Bugun ishonch bilan aytishim mumkinki, klubimiz siyosati jamoa falsafasi talablariga to'liq javob beradi. Klub infratuzilmasini yaratish va professional faoliyat uchun sharoitni muhayyo qilish klub menejmenti oldiga qo'yilgan asosiy talablardan biri edi.
Klub rahbariyati oldidagi asosiy vazifalardan biri istedodli yoshlar tahsil olishi mumkin bo'lgan futbol akademiyasini tashkil etish edi. Ikkinchi muhim vazifa asosiy tarkibda akademiya tarbiyalanuvchilari o'ynashiga erishish sanalardi. Quvonarlisi, o'tgan mavsumda asosiy jamoa tarkibida 7-8 nafar klub akademiyasida tahsil olgan futbolchilar maydonga tushishdi. Ularning barchasi akademiyada berilgan saboq tufayli "Paxtakor"ga sodiqlik ruhida tarbiyalanishgan. O'z jamoasini chin dildan sevgan futbolchigina faoliyatida katta natijalarga erisha oladi. Biz yulduzlarni katta transferlar orqali yig'maymiz. Biz bo'lajak yulduzlarni klubimizda tarbiyalaymiz.
Ishonamanki, futbol yo'lini akademiyamizda boshlagan bolakay uchun klub shunchaki bo'sh ovoz bo'lmaydi. Uning uchun "Paxtakor" ramzi bor libosda o'ynash muhim sanaladi. Bugun jamoa tarixida eng yosh bo'lgan jamoa jamlangan.
Yildan-yilga yosh futbolchilar o'yin sifatini yaxshilashlariga ishonaman va umid qilamanki, ushbu jamoa bilan klub tarixidagi eng yaxshi natijalarga erishamiz. Deyarli barcha futbolchilar turli terma jamoalarda imtihondan o'tib kelishmoqda, ular tez orada milliy terma jamoaning asosini tashkil qilishadi. Iskanderov, Kozak, Sergeev, Hoshimov, Krimec va Ismatullaev bosh jamoada o'ynashga ulgurishgan. Tashkiliy-uslubiy va infratuzilma bilan bog'liq masalalarni yaxshilash maqsadida klub akciyadorlari bosh murabbiy lavozimini bekor qilish qaroriga kelishdi. Uning o'rniga klub menejeri lavozimi tasis etiladi. Uning majburiyatlariga faqat o'quv-mashg'ulot yig'inlarini nazorat qilish emas, balki akademiya faoliyati, selekciya ishlari, yoshlar jamoalari va birinchi liga jamoasini nazorat etish ham kiradi. Ko'p yillar mobaynida "Paxtakor" menejmentini Samvel Babayan boshqarib kelmoqda. U klubga sodiq, uning motori va yuragi hisoblanadi. U deyarli hamisha akciyadorlar va ishqibozlar oldida natijalar uchun asosiy javobgar shaxs bo'lib kelgan. Men bilaman, u o'quv-mashg'ulot yig'inlari, tarkibni aniqlash, yosh iqtidorni topib, uning tarkibga kirishi kabi muhim qarorlarni qabul qilib kelgan. Klub va jamoa falsafasini aniqlab kelgan.
Bugungi kunda Samvel Babayan Osiyodagi eng yaxshi futbol menejerlaridan biri hisoblanadi. U hamisha o'z bilimini oshirish ustida ishlaydi. Futboli taraqqiy etgan ko'plab mamlakatlardan bilamiz, jamoani menejerlar boshqaradi. Samvel Babayan "Pro" licenziyasiga ega, infratuzilmasi va o'quv-yig'in mashg'ulotlari eng yaxshi sanalgan klublarda malaka oshirgan. Unga va uning shogirdlariga ijobiy natijalarga erishib, muxlislarni chiroyli va maftunkor o'yin bilan xursand etishlarini tilab qolaman"!

Fikrlar