Botir Qoraev: “Nasaf”da o'ynab zerikmaganman”
27 dek 2013 14:59
Yangiliklar
Botir Qoraev: “Nasaf”da o'ynab zerikmaganman”
“Nasaf”ning O'zbek futbolida o'ziga yarasha mavqei, o'rni bor.
Bunday hurmat-etiborga jamoa yillar mobaynida qilgan mehnatlari, erishgan yutuqlari orqali sazovor bo'ldi. SHunga yarasha “Nasaf”ning sodiq, sadoqatli futbolchilari ham bor. Uzoq yillardan beri o'zining ajoyib o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan Botir Qoraev bu borada alohida mavzu bo'la oladi. Tajribali himoyachiga aylangan ushbu futbolchi jamoaning yaxshi va yomon kunlarida doimo birga bo'ldi. “Nasaf”ni Qoraevsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Maydonda va hayotda hamisha boshqalarga o'rnak vazifasini bajarib kelgan. Bemalol aytish mumkinki, Botir jamoasining suyanchig'iga aylangan. Muxlislar uchun u jamoasiga sodiqligini isbotlab bergan. SHu bois Qoraevni barcha hurmat qiladi va qadrlaydi. Klubga qo'shgan katta mehnati tufayli barchaning etiborini tortib keladi.
- “Nasaf”da bir qator o'zgarishlar bo'lgach sovrinli o'rinlar uchun kurasha olishini ko'pchilik o'ylamagandi. SHunday bo'lsada, mavsumni uchinchi o'rinda yakunladinglar. Siz bunday bo'lishini bilarmidingiz?
- To'g'ri aytasiz, o'tgan yilgi mavsumdan keyin jamoamizni ko'pchilik tark etgandi. Bu yil esa bir qator yoshlar jalb etildi. Aksariyati bronzaga erishishimizga ishonishmagandi. Xatto intervyular berib “Nasaf”6-o'rinni ham egallay olmaydigan deganlar bo'ldi. Ammo o'zingiz ko'rdingiz, jiddiy ravishda harakat qildik va oxirgi turgacha chempionlik uchun kurashda imkoniyatimiz saqlanib qoldi. “Nasaf”da juda yaxshi jamoa shakllangandi. Umid qilamanki, yangi mavsumda ham yanada yaxshiroq o'yinlar ko'rsata olamiz.
- “Nasaf”ning barqaror o'yin ko'rsatishiga nima sabab bo'ldi?
- Esingizda bo'lsa, mavsum biz uchun qoniqarsiz boshlangandi. O'z uyimizda “Olmaliq” bilan 2:2 hisobida durang o'ynadik. Safarda “Bunyodkor”ga mag'lubiyatga uchradik. Ana shunday muvaffaqiyatsiz startdan keyin “Nasaf”ning yaxshi o'yinlar ko'rsatishiga ishonishmagandi. Biz esa medallar uchun kurasha olishimizni isbotladik. Bunga qanday erishdinglar desangiz, jamoa bitta kuchga aylandi va hamjihatlikda to'p surdik. 2014 yilda oldimizda yanada masuliyatli o'yinlar turibdi. Vazifamiz ham shunga yarasha jiddiy bo'ladi. Yana bir bor chempionlik va Kubok uchun oxirigacha kurash olib boramiz. Osiyo chempionlar Ligasining guruh bahslariga qo'shilish uchun pley-offdan muvaffaqiyatli o'tishimiz kerak.
- Dastlabki yig'indanoq jamoa azolarining kayfiyati yaxshi ekanligi ko'rinib turibdi.
- Ha, biz 10 dekabrdan to'plandik. Kuniga ikki martadan mashg'ulotlar o'tkazyapmiz. “Nasaf” oldiga har doim medallar uchun kurashish vazifasi qo'yilgan. Hozir aytganimdek, halqaro maydonda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqchimiz.
- Faoliyatingizni boshlaganingizdan beri “Nasaf”da to'p surasiz. To'g'ri, orada “Mashal” uchun o'ynab keldingiz. Ammo katta qismini Qarshida o'tkazib kelyapsiz. Aytingchi, “Nasaf”da sizni nima ushlab turadi?
- 1997 yilda shu jamoada o'rinbosarlar tarkibidan boshlaganman. Siz aytganingizdek, “Mashal”da ikki mavsum to'p surib yana shu erga qaytib kelganman. Qarshida tug'ilib o'sib ushbu klubda o'z o'rnimni topdim. Xudo menga kuch-quvvat berib tursa faoliyatimni “Nasaf”da tugatishni xohlayman.
- Odata biror bir o'yinchi 3-4 yil bitta klubda to'p surganidan keyin muhitni almashtirishni, boshqa jamoada o'zini sinab ko'rishni istab qoladi. Qachondir “Nasaf”dan zerikkan paytlaringiz ham bo'lganmi?
- “Nasaf”dan zerikkan holatlarim bo'lmagan. SHuncha yil ushbu jamoa uchun to'p surganim bois ko'nglim faqat “Nasaf” bilan bog'langan. Faoliyatimni faqat shu erda tugatmoqchiman va boshqa erga ketish niyatim ham yo'q.
- Bu borada har qanday takliflarni ham ko'rib chiqmoqchi emasmisiz?
- Esimda, 2003 yili “Neftchi”dan chaqiruv olganman. Farg'onaga borganman-u, biroq yana “Nasaf”ga qaytib kelganman.
- SHu paytgacha nimadan afsuslanib kelasiz?
- Bu xususida bir nima deyishim qiyin bo'lsa kerak. Hammada ham kamchilik bo'ladi, to'g'rimi? Orzuim O'zbekiston chempioni bo'lish va Kubokni qo'lga kiritish. 2011 yilda OFK chempionligini qo'lga kiritdik. Ichki chempionatda esa ikkinchi va uchinchi o'rinlarni qo'lga kiritganmiz. Endi chempionlik bilan Kubok etishmayapti.
- Siz uchun OFK kubogi sohibi bo'lish muximroqmi yoki O'zbekiston chempioni bo'lishmi?
- Jamoa uchun har bir yutuq muhim ahamiyatga ega. OFK Kubogida g'olib chiqadimi yoki O'zbekiston chempioni bo'ladimi, baribir bu “Nasaf”ning muvaffaqiyati bo'ladi. Har qanday erishilgan g'alaba faxr tuyg'usini beradi. Har bir futbolchi faoliyati davomida nimadir yutishni xohlaydi. Bu yil chempionlik uchun bir qadam qolgandi. Baribir oxirida “Bunyodkor” uloqni ilib ketdi. Yangi mavsumda yana azaliy orzuimiz uchun kurashda davom etamiz.
- To'rt marta mamlakat Kubogi finaliga chiqib mag'lub bo'lishlik juda alamli bo'ladi...
- Albatta alamli. “Nasaf” safida to'rt marta finalda o'ynab barchasida yutqazdik. Ushbu hal qiluvchi o'yinlarning hammasida men ham to'p surganman. Agarda mana shunday final boshqa viloyatlarda ham o'tkazila maqsadga muvofiq bo'lardi. Masalan, vodiyda yoki Samarqandda final o'yini tashkil qilinsa yanada qiziqarliroq kechardi.
- “Nasaf”da uzoq yil o'ynab haqiqiy etakchiga aylandingiz va jamoaning sardori edingiz. Lekin oxirgi yillarda ushbu bog'ich Artur Gevorkyanga berildi. Bunga qanday munosabatda bo'ldingiz?
- O'ylaymanki, bu murabbiyning xohishi edi va shu sababli Gevorkyan sardor bo'ldi.
- Bu yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb kimni aytasiz?
- Ushbu chempionatda bir nechta o'yinchi yaxshi taassurot qoldirishdi. Birinchi navbatda Artur Gevorkyan qoyilmaqom tarzda to'p surdi. U bunga har tomonlama munosib deb ayta olaman. Aleksandr Pishur ham qanday hujumchi ekanligini ko'rsatib qo'ydi.
FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Fikrlar