

"Mavsumga tayyorgarlikni dekabr oyidan boshlagandik. Ammo men operaciya qilinganim tufayli birinchi yig'inda qatnasha olmadik. Dekabrda asosan o'zimizning futbolchilar va akademiya tarbiyalanuvchilari mashg'ulot o'tkazishdi. Maqsadimiz 14 nafar tajribali futbolchi va jamoamizning yoshlari birlashgan holda o'ynaymiz. Tarkibga Shahboz Erkinov, G'ulom Haydar G'ulomov va Avaz Agaliev kabi yangilar kelishdi".
"Hozir ikki mahal mashg'ulot o'tkazayapmiz. Ertalab jismoniy tayyorgarlikka e'tibor qaratilmoqda, kechki payt esa asosan to'p bilan ishlayapmiz. 16 fevralga qadar Toshkentda yig'in o'tkazamiz. Shundan so'ng qisqa tanaffus bo'ladi va 20 fevraldan Yangiyerdagi bazada yig'inni boshlaymiz. Mavsum boshiga qadar o'sha yerda shug'ullanamiz. Yangiyerdan 1-tur o'yinini o'tkazish uchun Navoiyga ketamiz".

"Sanjar Quvvatov jamoamizni tark etdi. Bu posbon O'zbekistondagi istalgan darvozabonga raqobatchilik qila oladi. Ko'pchilik Quvvatov "Nasaf"da ikkinchi posbon bo'ladi demoqda. Bunga qo'shilmayman, sababi Sanjar Ham, Eldor ham men uchun bir xil saviyadagi posbon hisoblanadi. Ikkalasini "Mashal" akademiyasida o'ynab yurgan paytlaridan bilaman. Menmicha o'yin kuni kim yaxshiroq tayyor bo'lsa murabbiylar o'shani maydonga tushurishadi".
"O'zimga kelsak to'g'ri jamoadagi qolgan davozabonlar yosh. Ammo bu bilan menga oson bo'ladi deganlar adashadi. Sababi agar bo'shashib o'z o'rnimni yoshlardan biriga boy berib qo'ysam futbolchi sifatida hurmatim pasayadi. Jamoadagi barcha darvozabonga o'z tajribamni o'rtoqlashishdan to'xtamayman".
"Jamoa rahbariyati bizga yaxshi e'tiborda bo'lmoqda. Barcha shariotlar yaratib berilgan. Mana Yangiyerda bazamiz bor, Muborakda bazamiz bor. Bir so'z bilan aytganda "Mashal" rahbariyatiga rahmat aytamiz", - deydi Botir Nosirov.
Narzulla Saydullaev yozib oldi


