So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  0 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Bosim Qosim: "Bugun yirik hisobdagi mag'lubiyatga loyiq emas edik" Yangiliklar

Bosim Qosim: "Bugun yirik hisobdagi mag'lubiyatga loyiq emas edik"

Teglar :  Bosim QosimAl Zavra
OCHL-2020 saralashi doirasidagi "Bunyodkor" - "Al Zavra" (4:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Bosim Qosim ishtirok etdi.

- Birinchi bo'limdagi o'yinimizdan keyin "Al Zavra" bugun g'alaba qozonishi mumkin degan xayolga kelish mumkin edi. Biroq bittagina xato qimmatga tushdi. Penaltidan keyin o'yin o'zgarib ketdi. SHundan so'ng ham harakat qildik, lekin foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limning ilk daqiqasida qilingan xato o'yinimizni butunlay "sinishiga" olib keldi. Bu goldan so'ng o'yinni "tashlab" yubordik. Biroq aytishim mumkin, bugun bunday yirik hisobdagi mag'lubiyatga loyiq emas edik. "Bunyodkor"ni g'alaba va navbatdagi bosqich yo'llanmasi bilan tabriklayman!

- Haqiqatdan ham bugungi uchrashuvga tayyor emas edik. CHunki uch oylik tanaffus katta muddat. Tarkibdagi futbolchilarni yarmi bugungi bahsga tayyormasligi ikkinchi bo'limda ham sezildi. Yigitlarni jismoniy holati pand berdi. Kecha matbuot anjumanida aytganim taktik o'yin emas, rost gap edi.

- "Bunyodkor" jamoaviy o'yin tashkil qilgan. Butun jamoa bir bo'lib o'ynadi. Anvar G'ofurov va Lutfulla To'raev ularning etakchisi sanaladi. Bugun ham bu yaqqol sezildi.

- Tarkibimizda Iroq terma jamoasida o'ynaydigan ikki nafar futbolchi bor edi. Biri darvozabon, ikkinchisi olti oylik jarohatini davolatib safga qo'shilgan o'yinchimiz. O'ng qanotdagi himoyachimiz jarohatdan so'ng qaytgan bo'lsada yomon harakat qilmadi. Darvozabonga o'tkazib yuborilgan gollar uchun etiroz yo'q. CHunki gollarda himoyachilar ko'proq xatoga yo'l qo'ydi.





Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика