So’nggi yangiliklar

08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  4 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  1 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  4 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  2 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  6 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  2 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  11 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  7

"Bosim juda yuqori ekan". Quvondiq Ro'zievning "Navbahor"ga moslashish jarayoni qanday ketyapti? Yangiliklar

"Bosim juda yuqori ekan". Quvondiq Ro'zievning "Navbahor"ga moslashish jarayoni qanday ketyapti?

Superliganing to'qqizinchi turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Quvondiq Ro'zievning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Navbahor" shu vaqtgacha Toshkentda "Bunyodkor"ni mag'lub etmagan. Bugun bu ananaga chek qo'yilishi mumkin edimi?

- Avvalambor, muxlislarga qo'llab-quvvatlashgani uchun rahmat aytaman. Mazkur nohush annaga chek qo'yishimiz mumkin edi. "Bunyodkor" qisqa paslar bilan o'yin nazoratini qo'lga olishini bilardik. Raqibni qarshi hujumda "ushlashni" reja qilgandik. Qaysidir manoda imkoniyatlarimiz ham bo'ldi. SHunchaki, foydalana olmadik. Bunday o'yinlarda bittagina gol ko'p narsani hal qilib yuboradi. SHuni aytishim kerakki, yutqazishimiz yoki yutib ketishimiz mumkin edi. Qiyin vaziyatlarda darvozabonimiz qutqardi. 

- Jamoada hujumni boshlash zonasida kamchiliklar ko'zga tashlandi. Bitta pas bilan hujum boshlaydigan futbolchi etishmagandek bo'ldi...

- Nima desam bo'ladi, menimcha hujumda vaziyatlardan foydalanish koefficienti bizda kamroq bo'lyapti. Himoya va yarim himoya o'rtasida jiddiy muammo yo'q. Avvalgi uchrashuvlarga qaraganda asta-sekin o'yinimiz o'syapti. Jamoaviy o'yin masalasida harakatlarimiz qovushmoqda.

- "Navbahor"ga moslashish jarayoningiz qanday ketyapti? Balki, kuchli bosim to'sqinlik qilayotgandir...

- Gapingizga yuz foiz qo'shilaman. Bosimga dosh bera olaman, deb o'ylagandim. Biroq bosim bu erda men o'ylaganimdan ham kuchliroq ekan. "Qo'qon-1912"da yarim yil zaxirada o'tirganman. Jamoaga sekin moslashganman. "Navbahor"da ham shu narsa ko'zga tashlanyapti. Ayrim vaziyatlarda futbolchilarni, bevosita yonimda birga o'ynaydigan yarim himoyachilarni to'liq tushunib olganimcha yo'q. Tarkibga nazar solsangiz, faqat men yangi kelganlardan hisoblanaman. O'n kishi o'tgan yili to'p tepgan. SHu bois o'zaro tushunib ketishga vaqt kerak bo'lyapti.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика