So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  188 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  3 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  1 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  11 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  21 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

Boshkovich "So'g'diyona"da, Bakaev "Buxoro"da qanday o'zgarishlar qildi? (tahlil) Yangiliklar

Boshkovich "So'g'diyona"da, Bakaev "Buxoro"da qanday o'zgarishlar qildi? (tahlil)

Bugun Superliganing navbatdagi turi doirasida "Buxoro" o'z maydonida "So'g'diyona"ni qabul qiladi.

Ikki jamoa uchun ham mavsum starti muvaffaqiyatsiz boshlangandi. Qoniqarsiz natijalar tasirida murabbiylar o'zgardi. Odatda o'zgarish jamoadagi holatni, vaziyatni yaxshilash uchun amalga oshiriladi. Xo'sh, bu ikki jamoada murabbiylar almashgani sezilyaptimi? Quyida bu borada fikrlarimni bildirishga urinib ko'raman. 

Buxoro

Superliga. 11-tur

19/05/2023, 20:00

2
:
0
Tugadi

So'g'diyona

ZHavohir Qahramonov - 59', Dzenan Zaymovich - 86'

45'
90'
42'  Dilshod Jo’rayev
60'  Aleksandr Kasyan (Ro’zimboy Ahmedov)
69'  Aleksandar Stanisavlevich (Fayzullobek Jumanqo'ziev)
69'  Vsevolod Nixaev (Sohib Muhammadiev)
75'  Jamoliddin Ubaydullayev (Jasur Azimov)
75'  Asil Begimqulov (Jasur Hasanov)
46'  Marko Kolakovich (Elyor Orifov)
57'  Mirjalol Abdumutalov (Nodirjon Soyibov)
59'  ZHavohir Qahramonov
59'  Stanislav Andreyev
63'  Iskandar SHaykulov (Hislat Halilov)
80'  Nodirjon Soyibov
86'  Dzenan Zaymovich
88'  Dzenan Zaymovich (Serder Serderov)
88'  Stanislav Andreyev (Muhammadali YUldashev)

Barchasi kutilgandek...

Murabbiyning ishi doim natija bilan baholanadi. Uni qanday o'yin ko'rsatgani-yu, qolgan ishlari ikkinchi planga tushadi, tamom. Ivan Boshkovich Yorqin Nazarovdan so'ng 5ta uchrashuv o'tkazdi va 6 ochko ko'proq to'pladi. 5ta uchrashuv 10 ochko to'plagan holda 14 o'rindan 9 o'ringacha olib chiqdi. Jamoada progress kuzatilmoqda. Boshkovich kutilganidek natija qila olyapti. Boshida shaxsan o'zimda havotir bor edi, yani u "Bunyodkor"da qilgan ishini bu erda ham takrorlay olarmikin? Birorta yangi futbolchisiz u bor masalliqdan foydalanib kerakli narsa chiqarmoqda. Dastlabki 4ta turda umumiy hisobda raqib darvozasi tomn 12 bor aniq zarba yo'lladi, o'rtacha har bir o'yinda 3ta. SHularning faqat 2tasi gol bilan tugadi ("Olimpik" 2:2). 4ta uchrashuvda 2ta gol kam edi. So'nggi 5ta bahsda gollar borasida sermahsullik ham oshdi, 8ta gol. Aniq zarbalar soni 21taga etdi. Ko'rsatkichlar 3ta g'alaba, 1ta durang, 1 mag'lubiyat. O'yin sifati borasida oldinga biroz bo'lsada siljish bor. Etibor qiladigan yana bir jihat shuki, "So'g'diyona" o'yinni ikkinchi bo'limga kelib o'zgartiryapti va gollarning aksariyati 70-daqiqadan so'ng urilyapti. Murabbiylar shtabi ikkinchi bo'lim uchun ishlab chiqayotgan rejasi naf keltirayotgani ko'rinib turibdi.  

Bakaevning "Buxorosi"da qanday o'zgarishlar?

Qaysidir manoda Bakaev jamoadagi ruhiyatni ijobiy tomonga o'zgartirishga, o'z fasafasini singdirishga harakat qilyapti. Deylik "Paxtakor" bilan ham ayniqsa ikkinchi bo'limda ancha qo'sha oldi. Vaziyatlar yaratdi. Penalti ishladi. Lekin yakun nima bo'lgani malum. Baribir murabbiy qiynalayotgani sezilyapti. Bakaevga transfer oynasi zarur, u o'ziga kerakli, uslubiga mos harakat qiladigan futbolchilarga ehtiyoj sezmoqda. "Buxoro" ham deyarli "So'g'diyona" singari ko'proq ikkinchi bo'limni faol o'tkazmoqda. "Neftchi" bilan uchrashuvni oladigan bo'lsak, jamoa birinchi bo'limga  (1ta aniq zarba, 27ta xavfli hujum) qaraganda ikkinchi bo'lim (33ta xavfli hujum, 5ta aniq  aniq zarba) raqib darvozasi tomon ko'proq hujum tashkil qilgan, aniq zarbalar yo'llagan. "Paxtakor" bilan uchrashuvda ham shunday. Bakaev shogirdlari ikkinchi bo'limda o'yinni to'liq nazorat qildi, to'p nazoratida ham katta farq, 60 foiz ko'rsatkich, aniq zarbalar 4ta, xavfli hujumlar soni 29ta. Vaholanki, mavsum boshida jamoa bitta o'yinda bor yo'g'i 1,2 marotaba raqib darvozasiga aniq zarba yo'llagan, xolos. Umumiy manoda Bakaev ham o'yin sifatini yaxshilashga etibor qaratyapti, ko'rsatkichlardan bilish mumkinki, o'sish bor. Endilikda bu omillar faqat natijada aks etishi qoldi. 

Katta sahnada Zaymovich

Zenan Zaymovich Ivan Boshkovich kelganidan beri Superligada 5ta o'yinda 5ta gol urdi.So'nggi marta "So'g'diyona" safida legioner futbolchi 2014 yilgi mavsumda Superligada dubl qayd etgandi. O'sha yil 12 sentyabr kuni "So'g'diyona" - "Navbahor" uchrashuvida mezbonlar legioneri Oleksandr Koblash ikkita to'p kiritgandi. Oradan 8 yil, 8 oy va 1 kun yoxud 3165 kundan so'ng Jizzax klubi safida legioner futbolchi dubl rasmiylashtirdi. Evropalik legionerning avvalgi o'yinlardagi harakatlari "Buxoro" himoyachilari va darvozaboniga yaxshigina ogohlik qo'ng'irog'i bo'lgan bo'lishi kerak. 

O'zaro o'yin va faktlar 

"Buxoro" so'nggi marotaba "So'g'diyona"ni Superligada Ulug'bek Bakaev boshqaruvida mag'lubiyatga uchratgan edi. Taqdir charxpalagini qarangki, u orada murabbiy Jizzaxda ishlab "Buxoro"ga qaytdi va "So'g'diyona"ga qarshi jamoasini boshlab tushadi. Bakaevdan Bakaevgacha ananasi davom etadi. 

16.03.2018. "Buxoro" - "So'g'diyona" 3:0

12.07.2018. "So'g'diyona" - "Buxoro" 2:0

26.05.2019. "So'g'diyona" - "Buxoro" 2:0

17.08.2019. "Buxoro" - "So'g'diyona" 1:1

07.07.2020. "So'g'diyona" - "Buxoro" 3:1

29.10.2020. "Buxoro" - "So'g'diyona" 2:5


Taxmin

Baribir bugun ko'p narsa ikkinchi bo'limda hal bo'lishi ehtimoli yuqori. Tepadagi faktlarda keltirganimdek ikki jamoa ham uchrashuvning ikkinchi qismida faollikni qo'lga olyapti. "Buxoro"da gol urish bilan bog'liq muammolar borligi sir emas. "So'g'diyona"da esa aynan yarimta vaziyatdan to'p kiritib ketayotgan sof hujumchi bor. Aynan shu omil bugun jizzaxliklarga g'alaba olib kelsa, ajab emas. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика