So’nggi yangiliklar

22:57U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди  255 22:37"Барселона", "Бавария" ва "Манчестер Юнайтед" Влахович атрофидаги вазиятни кузатиб бормоқда  1 21:28ЖЧ саралаши. Қозоғистон ўз уйида Бельгия билан дуранг ўйнади  16 21:21Ўзбекистон МТЖ. Алижонов бугунги машғулотда иштирок этмади  4 21:06U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/8 финалга чиқса асосий ҳимоячимиз майдонга туша олмайди  8 20:50Максим Шацких: "Ҳаммасига ўзим айбдорман"  11 20:47Вадим Абрамов: "Чемпионат тугашига иккита тур қолганида масъулиятни тўлиқ ҳис қилиб турибмиз"  5 20:30Хорватия - юлдузлар фабрикаси. Бу жамоани 12 йил олдин мағлуб этганмиз  2 19:49"Пахтакор" — "Насаф". Терма жамоадаги ўйинчилар баҳсга бир кун қолганда келишади  8 19:26U-17 ЖЧ. Хорватия — Ўзбекистон ўйини учун ҳамюртларимиз таркиби маълум, Сарсенбаев асосий таркибда  11 17:53Суперлига. 21-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо" "Андижон"ни мағлуб этди  34 17:37Жуд Беллингем "Реал"ни тарк этиши мумкин. "Манчестер Сити" катта таклиф тайёрламоқда  4 16:50Зиркзее "Манчестер Юнайтед"ни тарк этиши мумкин  1 16:21Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ўзбекистон кучли жамоа. Буни қўрққанимдан эмас, ҳурмат юзасидан айтяпман"  12 15:36Холанд Криштианунинг "абадий" рекордини янгилай оладими? Бунга неча йил талаб этилади?   26

"Boshkovich o'zi menga qo'ng'iroq qilgandi. Superliga ancha raqobatdosh chempionat ekan, ammo..." - Vladimir Yovovich bilan intervyu Yangiliklar

"Boshkovich o'zi menga qo'ng'iroq qilgandi. Superliga ancha raqobatdosh chempionat ekan, ammo..." - Vladimir Yovovich bilan intervyu

"So'g'diyona" jamoasining chernogoriyalik azosi va ligamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri Vladimir Yovovich saytimizga intervyu berdi.

- Salom Vladimir. Avvalambor intervyuga rozi bo'lganingiz uchun tashakkur. O'zbekistondagi dastlabki mavsumni o'tkazmoqdasiz. "So'g'diyona"ga kelishingizdan avval O'zbekiston chempionati haqida eshitganmisiz?

- Barchaga salom. Ha, men O'zbekiston haqida bilar edim. chunki bir nechta do'stlarim bu erda o'ynab ketishgandi, ammo ko'p malumotga ega emas edim.

- O'zbekiston chempionatidagi dastlabki mavsumingizni o'tkazmoqdasiz. Superligaga ko'nikib ketish jarayoni qanday kechgandi?

- Birinchi navbatda liga darajasi, o'yinchilar va sharoitlarni o'rganishga vaqt ketdi. Qolgan masalalarda katta muammolarga duch kelganim yo'q.

- "So'g'diyona" joriy mavsumni ancha barqaror o'tkazmoqda va musobaqa jadvalida etakchi o'rinlarni egallab turibdi. Jamoaning joriy mavsumdagi ishtirokiga baho berib o'tsangiz?

- Barchasini mavsum yakunida bilib olamiz. Oldindan bir nima deyish qiyin, mavsumning qolgan qismida yanada yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz. Qayd etadigan natijamiz biz uchun qoniqarli bo'lishiga umid qilaman.

- Superliga darajasi haqida gapirib o'tsangiz? Superligada o'ynash qanchalik qiyin ekan?

- O'zbekiston chempionati yaxshi darajada ekan va bu erda to'p tepish oson emas. Ancha raqobatdosh va qiziqarli liga. 

- CHernogoriya va O'zbekistondagi futbol darajasi haqida fikr bildirib o'tsangiz? Ikki mamlakat futboli o'rtasida qanday farqlar bor ekan?

- Ayni damda Superliga CHernogoriya chempionatidan kuchliroq. Biroq chernogoriyalik futbolchilar butun Evropa va Osiyo qitasidagi yaxshiroq klublarda to'p tepishmoqda. Individual taraflama chernogoriyalik futbolchilar ustunroq degan bo'lardim. Asosiy farq - infratuzilma. O'zbekistonda futbol infratuzilmasi yaxshiroq, bu erda yaxshi stadionlar ko'proq. Bu futbol rivojlanishiga katta ustunlik beradi deb o'ylayman.

- "So'g'diyona"ga kelishingiz haqida gapirib o'tsangiz. Transfer qanday amalga oshdi? Bosh murabbiy Ivan Boshkovich sizni jamoaga taklif qildimi?

- Ha. Ivan Boshkovich menga qo'ng'iroq qildi va klub mening xizmatlarimga qiziqayotgani haqida aytib o'tdi. Barchasini o'ylab ko'rib, yakunda ushbu taklifga rozi bo'ldim.

- So'nggi yillarda chempionatimizda xorijlik futbolchilar soni ko'payib qoldi. Masalan, jamoadoshingiz Lyupcho Doriev chempionatimizning eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'lib turibdi. Ayrim bir legionerlar o'z jamoalarining etakchi futbolchilariga aylanayotgan bo'lsa, ayrim legionerlarning professional futbolchi ekanligiga shubha bor. Superligada o'ynayotgan xorijlik futbolchilar darajasi haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- Superligada yuqori darajali legionerlar bor. Ushbu masaladagi eng muhim jihat murabbiyning yakuniy qarori bo'lishi kerak. Murabbiy o'ziga kerakli futbolchilarni tanlab olishi kerak.

- O'zbekiston futboli haqida qanday fikrdasiz? Liga, infratuzilma, terma jamoa va umumiy futbol darajasi qanday holatda ekan?

- O'zbek futboli menga yoqdi va men bu erda faoliyatimni davom ettirishni istayman. Liga darajasi ancha yuqori, futbolchilar ham. O'zbekiston milliy terma jamoasi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishiga tilakdoshman. Bu futbol yanada rivojlanishi uchun ajoyib turtkich bo'ladi.

- Superliga darajasi ancha yuqori dedingiz. Siz bunga qadar Evropa chempionatlarida o'ynagansiz. Siz avvalroq to'p tepgan chempionatlar bilan Superliga darajasi tengmi?

- Superliga ancha kuchli liga, lekin Evropa mamlakatlarining milliy chempionatlaridan kuchsizroq. Masalan, men CHexiyada o'ynaganman. CHexiya chempionati Superligadan kuchliroq va darajasi balandroq.

- "So'g'diyona" bilan shartnomangiz yil oxirida tugaydi. Keyingi rejalaringiz qanday? "So'g'diyona" klubi bilan shartnomani uzaytirmadingizmi? Sizda ligamizning boshqa klublaridan ham takliflar bor deb eshitdim...

- Amaldagi shartnoma mavsum yakuniga qadar o'z kuchida. Keyin nima bo'lishini bilmayman, ochig'i. Men O'zbekistonda qolishni istayman, menga bu mamlakat yoqdi. Menga bir nechta takliflar bor, ammo hali yakuniy qarorga kelganim yo'q.

- "So'g'diyona" jamoasi ayni damda musobaqa jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Klub qayd etayotgan natijalardan qoniqish hosil qilyapsizmi?

- Ha. Biz yaxshi natija qayd etmoqdamiz, deb o'ylayman.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика