So’nggi yangiliklar

15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  1 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  4 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  18 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  3

Bosh vazir kubogi boshlandi, dastlabki kun kutilmagan natijalarga boy bo'ldi Yangiliklar

Bosh vazir kubogi boshlandi, dastlabki kun kutilmagan natijalarga boy bo'ldi

Teglar :  Bosh vazir kubogi
Bugun “Bunyodkor” futbol akademiyasining mashg'ulot maydonlarida “Bosh vazir kubogi”ning futbol musobaqalariga start berildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida futbol (erkaklar) va voleybol (ayollar) bo'yicha “Bosh vazir kubogi” musobaqalari tashkil etilayotgani haqida xabar bergandik. 

Oldinga o'tib shuni aytish kerak, barcha jamoalar musobaqaga jiddiy yondashgan holda puxta tayyorgarlik bilan kelishibdi. Jamoalarning liboslari havas qiladigan darajada. O'z navbatida tashkilotchilar ham musobaqani yuksak saviyada o'tkazishga astoydil harakat qilishmoqda. O'yinlarni mamlakatimizning malakali hakamlari boshqarib borishmoqdaki, bu faqat musobaqa nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Musobaqaning ilk kunidayoq bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Ayniqsa, bu kabi turnirlarda ko'p bora g'alaba qozonishgan O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi jamoasining “O'zbekiston temir yo'llari” AJ xodimlariga yirik – 0:8 hisobida yutqazib qo'yishi ko'pchilik uchun haqiqiy “syurpriz” bo'ldi. SHuningdek, “Xalq banki” jamoasi ham Xalq talim vazirligi xodimlariga haqiqiy master-klass o'tib berishdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Respublika veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi jamoasi esa “O'zbekinvest”ga qarshi o'yinda matonat ko'rsatdi. Yani 0:2 hisobi bilan ortda qolayotgan veterinarlar jamoasi o'yinda tub burilish yasadi, yani “kambek” qayd etdi va tanaffusdan keyin raqiblari darvozasini to'rt marta ishg'ol qilib, o'yinni o'z foydalariga hal qilishdi.

“Bosh vazir kubogi” musobaqasining ilk kunida qayd etilgan natijalar:

Futbol bo'yicha “Bosh vazir kubogi-2019” musobaqasi

19 oktyabr, shanba. 1/32 final

Davlat Soliq qo'mitasi – Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi – 5:0

“SHarq” nashriyoti – Olmaliq Kon-metallurgiya kombinati – 0:6

O'zbekiston Yoshlar ittifoqi – O'zLiDeP Markaziy Kengashi – 8:1

AT “Xalq banki” – Xalq talimi vazirligi – 9:0

Qishloq qurilish invest – O'zkimyosanoat – 5:0

Investiciya va tashqi savdo vazirligi – Davlat Bojxona qo'mitasi -:+

Moliya vazirligi – Oliy sud – 0:1

“O'zbekiston temir yo'llari” – O'zbekiston MTRK – 8:0

Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarni rivojlantirish vazirligi – Farmacevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi – 1:1 (penaltilar seriyasi – 6:5)

Toshshahartransxizmat – Issiqlik elektr stanciyalari – 6:1

Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi – “O'zbekinvest” – 4:2

O'rmon xo'jaligi – Oliy attestaciya komissiyasi -:+

“Vatanparvar” tashkiloti MK – Adliya vazirligi – 0:2

Tovar xom-ashyo birjasi – O'zAtom (Atom energiyasini rivojlantirish agentligi) – 3:1

“Kafolat” sug'urta kompaniyasi – “O'zbekneftegaz” – 1:0

Energetika vazirligi – Respublika manaviyat va marifat markazi – 2:2 (pen. – 3:5)

“Bosh vazir kubogi”ning 1/32 final bosqichidan o'rin olgan qolgan uchrashuvlar ertaga o'tkaziladi. Musobaqaning yarim final va final o'yinlari mamlakatimizning bosh arenasi – “Milliy” stadionda tashkil etiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика