So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  5 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

Bosh maqsad - Surxondaryo futboli nufuzini ko'tarish Yangiliklar

Bosh maqsad - Surxondaryo futboli nufuzini ko'tarish

Teglar :  SurxondaryoSurxon
Bugun Surxondaryo viloyati hokimligida vohada futbol ommaviyligini oshirish va yanada rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Tadbirda viloyat madaniyat va sport boshqarmasi, futbol federaciyasi, bolalar va o'smirlar sport maktablari, tuman hokimliklari va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Yig'ilishni viloyat hokimi, viloyat futbol federaciyasi prezidenti Erkinjon Turdimov ochdi va olib bordi.

- Surxondaryo azaldan istedodli va mahoratli futbolchilarga boy, - dedi Erkinjon Oqbo'taevich. - Ammo oxirgi yillarda viloyatda bu sohada amalga oshirilgan ishlarni qoniqarli baholab bo'lmaydi. Viloyat futbol federaciyasi ishini tanqidiy tahlil qilib zarur choralar ko'rishni davr talab etmoqda. Surxondaryolik o'nlab istedodli futbolchilar bugun oliy liganing bir qator klublari va mamlakat o'smirlar, yoshlar hamda milliy terma jamoalari sharafini himoya qilayotgan bir pallada viloyatda na ikkinchi liga va na viloyat kubogi uchrashuvlari o'tkazilmayotganligini oqlab bo'lmaydi. Bolalar ligasi haqida gapirish esa ortiqcha. Viloyatda futbol muxlislar ko'p. Yangi-yangi istedodlar sport maktablarida tarbiyalanmoqda. Ammo ularning voyaga etgandan so'ng jamoa topa olmay ora yo'lda yo'qolib ketayotganlari ham yo'q emas. SHularni hisobga olgan holda viloyatning bosh jamoasi - “Surxon” (Termiz) futbol klubini tashkil qildik. “Neftchi” (Jarqo'rg'on) jamoasining sport bazasi talabga javob bermaganligi tufayli uning o'rniga birinchi ligada “Surxon” futbol klubi qatnashadi. Jamoa uy uchrashuvlarini Termizdagi “Alpomish” stadionida o'tkazadi. Futbolchilar va murabbiylar shtabi uchun Termiz shahrida barcha shart-sharoitlar yaratish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.

Yig'ilishda bir qator tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi. Jumladan, shu kungacha viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti vazifasida ishlab kelgan Erkin Boqiev o'z vazifasidan ozod etildi. Uning o'rniga mamlakatimizning “To'palang” (Sariosiyo), “Buxoro”, “Surxon” (Termiz) jamoalarida o'ynagan, oxirgi paytda Sariosiyo tuman BO'SMida murabbiy-o'qituvchi bo'lib ishlagan Najmiddin Meliqulov viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti etib tayinlandi.

Turli yillarda “Nasaf” (Qarshi), “Qizilqum” (Navoiy) professional futbol klublarida matbuot xizmati rahbari bo'lib ishlagan Erkin Xolboboev “Surxon” professional futbol klubi Ijrochi direktori, “Mashal” (Muborak), “Norin” (Haqulobod) jamoalarida faoliyat ko'rsatgan mutaxassis Vali Keldiev esa “Surxon” jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика