"Borussiya"ga qarshi "Der Klassiker" oldidan "Bavariya"da yo'qotish
25 may 2020 18:49
Yangiliklar


"Borussiya"ga qarshi "Der Klassiker" oldidan "Bavariya"da yo'qotish
Turning markaziy bahsi Dordmunddagi "Signal Iduna Park"da o'tkaziladi. Mezbonlar peshqadam "Bavariya"ni mehmon qilishadi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Xans Flik jamoa yarim himoyachisi Tiago Alkantara ushbu to'qnashuvgacha tiklanib ulgurmasligini takidladi.
"Bugun u mashg'ulot o'tkazmadi. Afsuski, u "Borussiya"ga qarshi uchrashuvda qatnasha olmaydi", - deya Flikning so'zlarini keltirdi "Goal.com" nashri.
Kecha dordmundliklar safida ham jiddiy yo'qotish borligi haqida xabar bergan edik.
"Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin "Borussiya"da katta yo'qotish bo'lishi mumkin
Eslatib o'tamiz, "Borussiya D" - "Bavariya" uchrashuvi ertaga, 26 may kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.
Germaniya chempionati turnir jadvali >>>>> BUNDESLIGA
O’xshash yangiliklar

Fikrlar