"Borussiya" Xolandni yo'qotdi

Sherzod Nurmatov
7 mar 2021, 02:25
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland "Bavariya"ga qarshi o'yinda (2:4) jarohat oldi.

Norvegiyalik 53-daqiqada Jerom Boateng bilan to'qnashuv paytida oyog'idan jarohat oldi. Xolandga yordam berildi va bir necha daqiqadan so'ng u maydonga qaytdi.

Ammo, futbolchi baribir uchrashuvning 60-daqiqasida almashtirildi.

Eslatib o'tamiz, Xoland ushbu bahsda dubl qayd etishga ulgurdi.

Xoland amaldagi mavsumda 28 o'yin o'tkazib, 29 ta gol urdi va 7 ta golga uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia