"Borussiya" "Real Sosedad" forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi
26 fev 2021 16:45
Yangiliklar


"Borussiya" "Real Sosedad" forvardi bilan shartnoma imzolamoqchi
"Real Sosedad" hujumchisi Aleksandr Isak yozda Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tishi mumkin.
Evropaning top-klublari qiziqishlariga sabab bo'layotgan 21 yoshli shveciyalik futbolchi dortmundliklar forvardi Erling Xolandning o'rnini egallashi mumkin.
"Borussiya" norvegiyalik futbolchining klubdan ketishini tushunadi va endi unga o'rinbosar izlamoqda.
Isak joriy mavsum barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 2ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar