"Borussiya" "Manchester Yunayted" himoyachisi Dalotga qiziqmoqda
27 avg 2021 14:54
Yangiliklar


"Borussiya" "Manchester Yunayted" himoyachisi Dalotga qiziqmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot uchun davogarlik qilmoqda.
Nemis klubi 22 yoshli portugaliyalikning bitimini transfer oynasi so'nggiga qadar amalga oshirmoqchi.
Dalot 2020/21 yilgi mavsum "Milan"da ijara asosida o'ynadi. Futbolchi "rossonerilar" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Transfermarkt futbolchini 10 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar