"Borussiya" futbolchisi uchun kurashga MYU va "Tottenxem"dan keyin "Atletiko" ham qo'shildi
24 okt 2019 17:54
Yangiliklar


"Borussiya" futbolchisi uchun kurashga MYU va "Tottenxem"dan keyin "Atletiko" ham qo'shildi
Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Denis Zakariya bir necha Evropa klublari qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Oldinroq, 22 yoshli shveycariyalik futbolchi uchun "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari qiziqayotganligi to'g'risida xabar berilgan edi.
Zakariya uchun kurashga endi Madridning "Atletiko" klubi ham qo'shildi. Nemis klubi o'yinchini 40 million evroga baholamoqda.
Zakariya "Servetta" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, Germaniyada esa 2017 yildan beri faoliyat olib bormoqda.
Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar