"Borussiya" futbolchisi klubdagi 7 yildan keyin Dortmundni tark etishga qaror qildi
29 may 2023 10:26
Yangiliklar
"Borussiya" futbolchisi klubdagi 7 yildan keyin Dortmundni tark etishga qaror qildi
"Borussiya Dortmund" futbolchisi Rafael Gerreyru "arilar" safini tark etadi.
Portugaliyalik futbolchi jamoa safini erkin agent sifatida tark etadi.
"Borussiya" futbolchiga yangi shartnoma taklif qilgan, lekin Gerreyru boshqa jamoada, yangi chaqiruv, yangi holatda o'zini sinab ko'rishni istaydi.
Malumotlarga qaraganda, futbolchiga Madridning "Atletiko" va A Seriyaning bir qancha klublari qiziqish bildirishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Gerreyru Dortmund safida 2016 yildan buyon to'p tepadi.
Fikrlar