"Borussiya" Favrning o'rniga boshqa murabbiy topib qo'ydi
16 fev 2020 15:43
Yangiliklar
"Borussiya" Favrning o'rniga boshqa murabbiy topib qo'ydi
"Bild" nashri xabariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya"si rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Lyusen Favrni istefoga chiqarmoqchi.
Uning o'rniga esa "Ayntraxt" ustozi Adi Xyutterning nomzodi ko'rib chiqilmoqda.
Xyutterning "Ayntraxt" bilan tuzgan shartnomasida tovon puli ko'rsatilgan va shu boisdan "arilar" rahbariyati istalgan paytda ushbu summani to'lab, Adini ishga taklif qilishi kutilmoqda.
Favr 2018 yilning yozida dortmundliklar boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Ushbu mavsumda uning qo'l ostidagi jamoa barqarorlikni ko'rsata olmayapti.
Fikrlar