So’nggi yangiliklar

19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  0 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  2 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  2 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  25 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3 17:18"Барселона" ҳимоячисини МЮга сотишга тайёр  11 16:55Эрон – Ўзбекистон учрашувига ўмонлик ҳакамлар тайинланди  10 16:35Гвардиола Ҳоланднинг жароҳати ҳақида нималар деди?  8 16:12Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Доҳада "Aspire" академиясига қарши назорат баҳсларида қатнашади  2 15:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичига қачон қуръа ташланади?  0 15:32УEФА президенти: "Албатта, Родри "Олтин тўп"га лойиқ эди"  67 15:10"Машъал" 2 нафар тажрибали футболчи билан шартнома тузди  0 14:51"Сурхон" "ФарДУ"га имкониятни бой берди  1 14:35"Контега қарши битта ўйин бир йиллик тажрибага тенг"  2

"Borussiya Dortmund"ning TOP-5 iqtidorli futbolchilari Yangiliklar

"Borussiya Dortmund"ning TOP-5 iqtidorli futbolchilari

Bugun "Borussiya Dortmund" jamoasining hali asosiy tarkibda maydonga tushib ulgurmagan 20 yoshgacha bo'lgan 5ta eng istedodli o'yinchilari haqida gaplashamiz.

Sumaila Kulibali

"Borussiya Dortmund" asosiy tarkibidagi statistikasi: o'yini yo'q

Kulibali hali "Borussiya" asosiy tarkibida o'ynamagan, biroq 8 marta o'yin qaydnomasiga kiritildi. Kulibali PSJ akademiyasi "mevasi" bo'lsa-da, parijliklar bilan professional bitim imzolamagan. CHunki bu imkoniyatdan voz kechdi va buning o'rniga Germaniya jamoasi bilan shartnoma tuzishni afzal ko'rdi. Kulibali 2021 yil martda "Le Parisien"ga bergan intervyusida Parijdan ketishini quyidagicha izohlagandi:

"Yosh o'yinchilar uchun PSJda joy ko'p emas va jamoa buyuk futbolchilar bilan shartnoma imzolashi yoshlar muvaffaqiyatiga to'sqinlik qiladi".

U 2021 yil 1 iyulda, bitimi muddati nihoyasiga etganidan keyin, Dortmundga borib qo'shildi.


Nnamdi Kollinz

"Borussiya Dortmund" asosiy tarkibidagi statistikasi: o'yini yo'q

Bu o'yinchiga Germaniya terma jamoasining bo'lajak markaziy himoyachisi sifatida qarashmoqda. Ammo fikrimizcha, unga bildiriladigan ishonchni oqlay olishi uchun hali ko'p mehnat qilishi kerak.

18 yoshli Nnamdi ayni paytda "Borussiya" U-19 jamoasida to'p tepmoqda. Kollins — baquvvat va baland bo'yli (1,89) markaziy himoyachi. U birinchi pas, pozicion o'yin va ajoyib kurashi bilan ajralib turadi.


Elias Benkara

"Borussiya Dortmund" asosiy tarkibidagi statistikasi: o'yini yo'q

Elias xochsimon suyagi singanidan keyin hamon tiklanish jarayonida va u jarohatgacha bo'lgan darajasiga qaytishiga umid qilamiz. U kuchli, baland bo'yli va etakchilik sifatiga ega futbolchi sanaladi. Hozircha Germaniya termasi U-16 jamoasi etiboriga tushib ulgurmadi.


Yulian Reykxoff

"Borussiya Dortmund" asosiy tarkibidagi statistikasi: o'yini yo'q

Yulian yuqori salohiyatga ega iqtidorli futbolchi. U "Ayaks" akademiyasida bo'lgan kezlari, uni Patrik Klyuyvertdan keyin eng iqtidorli hujumchi deb hisoblashar edi. Niderlandiya afsonasi Marko van Basten o'yinchini "Ayaks"dan Dortmundga o'tishini aytib, "Ayaks" rahbariyatida boshqaruv yomon ekanini qattiq tanqid qilgandi.

Yulian texnik jihatdan juda yaxshi va maydonda deyarli hamma ishning uddasidan chiqadi. U havodagi to'pga bir harakat bilan zarba berishni xush ko'radi va hattoki, barcha urinishi ideal bo'lmasa-da, ishonch bilan o'ynashda davom etadi. Ochig'i, uning o'yinidan salbiy tomonlarini topish qiyin.


Abdulay Kamara

"Borussiya Dortmund" asosiy tarkibidagi statistikasi: o'yini yo'q

Kamara PSJ akademiyasi "mevasi" hisoblanadi.

U 2020/21 yilgi mavsum jamoa uchun belgilangan maksimal yoshdan 3 yosh kichik bo'lishiga qaramay, U-19 safida to'p tepgan. Abdulay PSJ bilan professional shartnoma imzolashdan ko'ra, 2021 yil 20 iyul kuni Bundesliganing "Borussiya Dortmund" klubi bilan bitim tuzdi va Germaniyaga ko'chib o'tdi. U Gvineya va Franciyani xalqaro darajada tanitish huquqiga ega.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика