"Borussiya" darvozaboni Xolandda pasayish kuzatilayotganini aytdi
25 jan 2020 11:07
Yangiliklar


"Borussiya" darvozaboni Xolandda pasayish kuzatilayotganini aytdi
"Borussiya" darvozaboni Roman Byurki Germaniya chempionati doirasidagi "Kyoln"ga qarshi o'yinda dubl qayd etgan jamoa forvardi Erling Xoland haqida gapirdi.
19 yoshli norvegiyalik forvard debyut o'yinida zaxiradan maydonga tushib, xet-trik qayd etgan edi.
Xoland kechagi o'yinda ham zaxiradan tushdi va 2ta gol urdi.
"Afsus, unda pasayish kuzatilmoqda: boshida 3ta edi, endi 2ta (kuladi). Umid qilamanki, u keyingi o'yinda atigi bitta gol urmaydi.
Jiddiy aytadigan bo'lsak, u ajoyib yigit. Unda top-o'yinchi bo'lish uchun hamma narsa bor", - deydi Byurki.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar