“Borussiya D” ustozi Xolandning so'nggi daqiqada urgan golini nishonlayotganda jarohatlandi
13 iyu 2020 21:50
Yangiliklar


“Borussiya D” ustozi Xolandning so'nggi daqiqada urgan golini nishonlayotganda jarohatlandi
Germaniya chempionati 31-turi doirasida “Borussiya D” safarda “Fortuna”ga qarshi to'qnash kelib, qiyinchilik bilan (1:0) zafar quchdi.
Hakam tomonidan bahsga qo'shib berilgan so'nggi daqiqada zaxiradan o'yinga tushgan Erling Xoland Manuel Akandjining uzatmasidan keyin raqib darvozasini boshi bilan ajoyib tarzda ishg'ol etib, jamoasiga uch ochko keltirdi.
Dortmundliklar ustozi Lyusen Favr esa mazkur golni nishonlayotgan vaqtida chap oyog'idan jarohatlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar