“Borussiya D” Sanchoni sotmaydi
26 noy 2019 07:24
Yangiliklar
“Borussiya D” yarim himoyachisi Jeydon Sancho qishki transferlar vaqtida klubdan ketmaydi. Boisi Dortmund vakillari Sancho klubga Germaniya chempionligi uchun kurashda yordam berishi kerak deb hisoblamoqda. Jeydonning transferi masalasiga esa 2020-yil yozida qaytishga qaror qilingan.
19 yoshli futbolchiga ayni damda “Liverpul”, “Real”, PSJ, “Manchester Yunayted” kabi grandlar davogar bo'lib turibdi.
Sancho joriy mavsum Bundesliga doirasida 10 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar