So’nggi yangiliklar

12:58"Реал" тарихда 20-бор мавсумни дуранг билан бошлади. Улардан нечтасида "Мадрид" чемпион бўла олган?  1 12:35Салоҳ — "1-турлар қироли"  0 12:09Бугун у "Бунёдкор"га қарши  2 11:43"Манчестер Сити" "Олтин тўп"га даъвогар футболчисининг маошини икки баробар оширмоқчи  0 11:15"Барселона" ярим ҳимоячиси жамоадан кетмоқчи  0 10:41Криштиану Роналду фаолиятини қайси клубда якунлаши маълум. У "Ал Насср"дан кетади  14 10:08Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 09:36"Рома" ёзда етти нафар футболчини сотиб юбормоқчи. Номлар маълум…  8 09:01Мбаппе Ла Лигадаги илк учрашувидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 08:30ЦСКА бош мураббийи нима сабабдан учрашув сўнггида Аббосбек Файзуллаев ва яна икки нафар футболчини захирага олганини тушунтириб берди  2 08:02Футзал. Бугун терма жамоамиз Францияга қарши баҳс олиб боради  1 07:31Суперлига. Бугун 16-тур баҳслари якунланади  7 07:25А Серия. Биринчи турнинг олтинчи ўйинидаҳам ғолиб номи аниқланмади, "Наполи" сафарда йирик мағлубиятга учради, 1-тур ўйинлари битта саҳифада  7 06:55Қозоғистон чемпионати. "Шахтёр Қарағанда" - "Ордабаси" 2:3, Яшибоев мавсумдаги еттинчи голини урди  2 06:45ЛаЛига. "Мальорка" - "Реал Мадрид" 1:1, Юлдузларга тўла "Реал" ғалаба қозона олмади  3

"Borussiya D" - Germaniya superkubogi sohibi Yangiliklar

"Borussiya D" - Germaniya superkubogi sohibi

Germaniya Superkubogi doirasidagi "Borussiya D" - "Bavariya" uchrashuvida dortmundliklar g'alaba qozonishdi va Germaniya superkubogini qo'lga kiritishdi.
Germaniya superkubogi.

"Borussiya D" - "Bavariya" 2:0

"Signal Iduna Park" stadioni.

Bosh hakam
: Peter Gagelmann (Germaniya).

Gollar: Mxitaryan (23), Obameyang (62)

"Borussiya D"
: Langerak, Sokratis Papastatopulos, Pishchek, Ginter, SHmelcer (Durm, 46), Kel,Xofmann, Mxitaryan, Kirx (Bender, 85), Immobile, Obameyang (Ramos, 64).

"Bavariya"
: Noyer, Boateng, Martinez (Dante, 31), Bernat, Rode, Xoyberg (Gyotce, 59), Alaba, Gaudino, SHakiri, Myuller (Lam, 46), Levandovski.

Ogohlantirishlar
: Xoyberg (44), Alaba (44), Jerom Boateng (73), Lam (82).

                             MATNLI TRANSLYACIYA
                                     
YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Borussiya D" Germaniya superkubogi sohibi!

90`
Manuel Noyer "Bavariya"ni uchinchi goldan qutqarib qoldi.

89` Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

87`
Sven Benderning zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

85`
"Borussiya D" tarkibida o'zgarish. Kirx o'rniga Bender maydonga tushdi.

82`
Filipp Lam ogohlantirildi.

81`
Alaba! David Alaba jarima to'pini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi. Lekin Langerak ham chiroyli "seyv"ni amalga oshirdi.

79`
Avvaliga Immobile, keyin Mxitaryan qulay vaziyatdan foydalana olishmadi.

76`
CHiro Immobile Noyerni ustidan to'pni darvozaga kiritmoqchi bo'ldi. Lekin Noyer ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

74` Eslatma:
O'tgan mavsumni ham Pep Gvardiola aynan "Borussiya D"dan uchralgan mag'lubiyat bilan qarshi olgandi. Bu safargisi ham shunga qarab ketmoqda.

73`
Jerom Boateng Kirxga nisbatan qo'pollik ishlatdi va hakam tomonidan ogohlantirish oldi.

70`
"Bavariya" o'z hujumlarini oxiriga etkaza olmayapti.

68`
"Signal Iduna Park" kuylamoqda. Ular g'alabani nishonlashni boshlab yuborishdi.

66`
"Bavariya" ushbu tarkibi bilan Yurgen Klopp jamoasiga qarshilik ko'rsatishga qurbi etmayapti. Kamida hozircha.

64` O'zgarish.
Obameyang kiritgan golidan so'ng maydonni tark etmoqda. Uning o'rniga Adrian Ramos tushdi.

63`
Yurgen Klopp ushbu goldan keyin "uchmoqda"! Xursandchiligining cheki yo'q.

62` GOOOOOOOOOOOOOOOL! Obameyang!
Qanotdan oshirib berilgan to'pni Obameyang boshi bilan darvozaga yo'lladi, 2:0.

59` O'zgarish.
Xoyberg maydonni tark etdi. Mario Gyotce uning o'rnida harakat qiladi. "Signal Iduna Park" esa "o'vvilamoqda"! Dortmundlik muxlislar Mario Gyotceni "iliq" kutib olishmoqda.

57`
Yurgen Klopp jamoasi raqibiga nisbatan ancha mazmunli o'yin ko'rsatmoqda. Pep shogirdlari hozircha aytarli xavfli vaziyatlar ham yarata olishmayapti.

55`
Immobilening zarbasi darvozaga aniq bormadi.

52`
"Borussiya D" raqibini o'z jarima maydonchasi atrofida tiqib qo'yib, hujumlarini amalga oshirmoqda.

50`
Dortmundliklar burchak to'pini amalga oshirishdi. Lekin bu samara keltirmadi. Mxitaryanning yo'llagan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.

48`
Robert Levandovskining zarbasini Langerak bartaraf etib qoldi. Ajoyib vaziyat bo'lgandi. Dortmundliklar posboni yaxshi harakat qildi.

47` O'zgarish.
Filipp Lam Tomas Myuller o'rniga maydonga tushdi. "Borussiya D" safida ham o'zgarish ruy berdi. SHmelcer o'rniga Durm maydonga chiqarildi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45` Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


44` Ogohlantirishlar.
Xoyberg raqibiga nisbatan ko'pol o'ynagani uchun sariq kartochka bilan siylandi. David alaba esa hakamga etirozi uchun ogohlantirildi.

42` Manuel NOYER!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! "Borussiya D"ning tezkor hujumi. Avvaliga Xofmann, keyinchalik Kelning zarbasini Noyer qaytarishga erishdi.

40`
"Bavariya" hujum uyushtira olmayapti. "Borussiya D" esa oldinga borishdan charchamayapti. Kelning zarbasini Noyer bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

36`
Manuel Noyer o'z jarima maydonchasi oldida CHiro Immobilleni aldab o'tdi. Ha, bu Noyer.

33`
Dortmund jamoasining navbatdagi hujumi. Kel Noyer darvozasi tomon zarba berdi. Noaniq.

31`
Ha, demak o'zgarish. Xavi Martinez o'rniga Dante o'yinni davom ettiradi.

30`
Xavi Martinez zarba berish chog'ida oyog'idan jarohat oldi. Katta ehtimol bilan ispaniyalik futbolchi o'yinni davom ettira olmaydi.

27`
Ayni paytda myunxenliklar maydon markazini raqiblariga boy berib qo'yishmoqda.

26`
Per-Eminik Obameyangning yo'llagan kuchli zarbasi Noyerga qiyinchilik tug'dirmadi.

25`
"Bavariya" endi oldinga borishga majbur.

23` GOOOOOOOOOOOOOL! Genrix Mxitaryan! Xofmannning faolligi dortmunliklarga foyda keltirmoqda. Genrix Mxitaryan jarima maydonchasi ichidan qaytgan to'pni darvozaga aniq yo'lladi va hisobni ochdi, 1:0.

22`
Bu safar "Borussiya D" jamoasi vakillari burchak to'pini amalga oshirishdi. Ginterning boshi bilan yo'llagan zarbasini Noyer ushlab oldi.

21`
SHakirining burchakdan etkazib bergan to'pini Levandovski darvozaga yo'llamoqchi bo'ldi. Ammo himoyachilar bu vaziyatda ishonchli harakat qilishdi.

20`
Robert Levandovski burchak to'pi ishlab oldi.

17` Manuel Noyer!
"Borussiya D"ning hujumi xavfli ko'rinish oldi. "Bavariya" posboni Noyerning mahorati evaziga uchrashuvdagi hisob ochilmay qoldi. Kirxning yo'llagan kuchli zarbasini Noyer bartaraf etdi. Qoyil, Noyer!

15`
O'yin shaiddati oshib bormoqda. "Borussiya D" jamoasi tezkor qarshi hujumni tashkil etishga urinib ko'rdi. Lekin Xavi Martinez ularning ushbu rejasini buzib qo'ydi.

14`
"Bavariya"ning chap qanotdan amalga oshirmoqchi bo'lgan hujumi uzilib qoldi.

12`
Dortmundliklar tashabbusni o'z qo'llariga olishga urinishmoqda.

10`
CHiro Immobile yangi jamoasi tarkibidagi o'zining ilk zarbasini yo'lladi. Noaniq.

8`
Jerdan SHakiri ancha faol. "Bavariya" asosan pozicion hujumlar uyushtirmoqda.

6`
Obameyang jamoasining ilk hujumini tashkil etdi. Lekin so'nggi soniyada unga aniqlik etishmadi.

5`
"Borussiya D" hozircha o'z o'yinini topib olganicha yo'q. Kichik ustunlik myunxenliklar tomonida.

4` XAVFLI VAZIYAT #1!
Jerdan SHakiri ajoyib vaziyatga chiqib bordi va Lengerak qo'riqlayotgan darvoza tomon zarba yo'lladi. Dortmundliklar posboni esa bu vaziyatda o'zini ko'rsata oldi!

3`
Jamoalar uchrashuvni tezkorlik bilan boshlashmoqda. O'yin keskin kurashlar ostida kechmoqda.

1` Uchrashuv boshlandi!


Noyer bugun "Bavariya"ni sardor sifatida boshlab chiqqan. Sebastyan Kel esa dortmundliklar sardori. Roman Vaydenfeller va Filipp Lam bugungi o'yinni asosiy tarkibda boshlashmaydi.

Futbolchilar maydonga chiqib kelishmoqda.

"Bavariya" jamoasining yangi azosi Robert Levandovski bugun o'zining debyut o'yinini o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Bugungi uchrashuvda har ikkala jamoalarning bir qator asosiy futbolchilari ishtirok eta olishmaydi. Jahon chempionatidan so'ng ko'plab futbolchilar jamoa yig'iniga ancha kech qo'shilishgan va ayni paytda jismoniy holatlari maydonda o'ynashlariga imkon bermaydi. Lekin bu jamoalarning tarkibida ularni o'rnini bildirmay oladigan ko'plab iqtidorlar topiladi. Har qanday holatda ham bugun benazir o'yin bo'lishiga shubha yo'q.

Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda.

"Signal Iduna Park"dagi "Bavariya" muxlislari uchun ajratilgan sektor

Robert Levandovski uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlaydi

Ushbu superkubok kimga nasib etadi?

Janluka Gaudino ismli iqtidor sohibini Xosep Gvardiola bugun asosiy tarkibga kiritgan. Ushbu futbolchi yaqin kelajakda kuchli futbolchi bo'lib etishishi taxmin qilinmoqda.

"Bavariya" tarkibi ko'rinishi

"Borussiya D" tarkibi ko'rinishi

Germaniya superkubogi ko'rinishi

Jamoalar stadionga etib kelishgan

"Signal Iduna Park" stadioni


Ushbu o'yin "NTV Plyus Futbol" kanali orqali ko'rsatiladi.

Hozircha faqat "Bavariya" jamoasi boshlang'ich tarkibi elon qilindi. Birozdan so'ng "Borussiya D" asosiy tarkibi ham malum bo'ladi.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Germaniya superkubogi uchun bo'ladigan bahs bo'lib o'tadi. Unda Dortmundning "Borussiya" va Myunxenning "Bavariya" jamoalari o'zaro bellashishadi. Ushbu uchrashuvni saytimiz orqali matnli onlayn tarzida o'qib borishingiz mumkin.

- Uchrashuv soat 21:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика