"Borussiya D" Daudning ketishini tasdiqladi Yangiliklar

"Borussiya D" Daudning ketishini tasdiqladi

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Mahmud Daud shartnomasi muddati tugashi munosabati bilan mavsum yakunida jamoani tark etadi.

Buni klub sport direktori Sebastyan Kel malum qildi.

"O'tgan hafta Mahmud bilan juda ochiq va samimiy suhbatlashdim. Men unga yozda u bilan shartnomani uzaytirmasligimizni aytdim", – dedi Kel.

Daud 2017 yildan beri Dortmundning "Borussiya"sida to'p tepib keladi. 27 yoshli futbolchi joriy mavsum 6 ta o'yinda maydonga tushdi. U Germaniya terma jamoasida 2 ta o'yinda harakat qilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика