“Borussiya“ bosh murabbiyi ishdan bo'shatilishi mumkin
25 noy 2019 15:05
Yangiliklar


“Borussiya“ bosh murabbiyi ishdan bo'shatilishi mumkin
“Borussiya“ bosh murabbiyi Lyusen Favr jamoani tark etishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, nemis klubi rahbariyati so'nggi o'yinlardagi natijalardan, xususan, hozirda Bundesligada oxirgi o'rinda borayotgan “Paderborn“ga qarshi (3:3) durangdan norozi.
Malum qilinishicha, agar “Borussiya Dortmund“ jamoasi “Barselona“ga qarshi uchrashuvdan keyin CHempionlar ligasi pley-offiga yo'llanma yutib olishni kafolatlay olmasa, Favr bosh murabbiylik lavozimidan chetlatilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Favr nemis jamoasini 2018 yil iyul oyidan beri boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yil yozigacha mo'ljallangan. Ayni paytda “Borussiya“ 20 ochko bilan Germaniya chempionatida 6-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar