"Borussiya" Bellingemni sotmoqchi emas
21 apr 2022 17:40
Yangiliklar


"Borussiya" Bellingemni sotmoqchi emas
Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati yarim himoyachi Jud Bellingemni sotish bo'yicha "Liverpul" va "Manchester Yunayted"ni rad etdi.
"Borussiya" yozda o'zining ikki muhim o'yinchisini yo'qotmoqchi emas. Jamoadan shuningdek hujumchi Erling Xoland ketishi mumkin.
18 yoshli futbolchi joriy mavsum "Borussiya" tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 10ta assist qayd etdi.
Yarim himoyachining "sherlar" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar