"Borussiya" Adeyemi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi
09 may 2022 13:27
Yangiliklar


"Borussiya" Adeyemi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi
"Zalcburg" forvardi Karim Adeyemi faoliyatini Germaniyada davom ettiradi.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 20 yoshli nemis uchun Dortmundning "Borussiya" klubi davogarlik qilmoqda.
Nemis klubi o'yinchi bilan shartnoma borasida og'zaki kelishuvga erishdi va yaqin vaqtlarda forvard bilan shartnoma imzolanadi. "Zalcburg" Adeyemi uchun 38 mln evro oladi.
Adeyemi joriy mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 8ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 35 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar