"Bornmut" "Roma" futbolchisini ijaraga oladi
25 jan 2023 19:27
Yangiliklar
"Bornmut" "Roma" futbolchisini ijaraga oladi
"Bornmut" "Roma" himoyachisi Matias Vinyani ijaraga olishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabricio Romanoning fikricha, tomonlar kelishuvga juda yaqin. Kelgusi 24 soat ichida urugvaylik futbolchi Angliyaga etib kelishi va inglizlar bilan shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.
Qayd etilishicha, "Bornmut" mavsum yakunida Vinyani sotib olish huquqiga ham ega bo'ladi. Agar jamoa xohlasa, futbolchini 15 million evroga sotib oladi.
Eslatib o'tamiz, Vinya anchadan beri "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinoning rejalaridan tashqarida qolmoqda. Joriy mavsum urugvaylik futbolchi Italiya chempionatida atigi uchta o'yin o'tkazdi. “Bornmut” ayni damda Angliya Premer-ligasining quyi pog'onalarida bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar