So’nggi yangiliklar

00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  3 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисминиголга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  2 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  5 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  23 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  3 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  3 21:35Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:1  8 21:17Суперлига. "Олимпик" ҳамон "тирик" экан, ёш футболчилар "Локомотив" билан дуранг ўйнашди  6 21:10Ольмо "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши маълум бўлди  6 20:45"Челси" тез орада 60 млн евролик трансферни амалга оширади  5 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  1 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  1 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  1 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2

Borimiz shu emas, Samvel Vyacheslavovich! Biz bundan ortig'iga loyiqmiz Yangiliklar

Borimiz shu emas, Samvel Vyacheslavovich! Biz bundan ortig'iga loyiqmiz

Kecha (U-23) Osiyo chempionatining 2-turida yana mag'lub bo'ldik.

Hali 15-soniya boshlanmay turib gol urdik, ammo keyinchalik ikkita to'p o'tkazib yubordik. Bir amallab hisobni tenglashtirgandik, ammo oxirida yana o'tkazib yubordik. Natijada yana mag'lubiyat va xayr, Rio olimpiadasi.

O'yindan keyin bosh murabbiyning matbuot anjumanida aytgan gaplari juda diqqatimni tortdi. "Bugun biz Rio olimpiadasi yo'llanmasi uchun kurashayotgan jamoaga yutqazdik. Nima ham derdim, demak bugungi kunda bizning imkoniyatlarimiz, borimiz shu ekan", deya aytib o'tgan bosh murabbiy Samvel Babayan. Albatta, murabbiy tanlangan tarkib va taktika kelib chiqqan holda "Borimiz shu" bo'lishi mumkin, lekin umuman olganda, biz bundan ortig'iga loyiq edik. Aslida-ku, biz sizdan "Rio olimpiadasi uchun kurashayotgan jamoani engdik" degan gapni kutgandik.



Biz Dohadagi musobaqaga kelmasligimiz ham mumkin edi. Agar o'shanda Iordaniya Quvaytni yutib bizga "yordam" bermaganida, Samvel Babayan ham, futbolchilar ham xuddi biz kabi Osiyo chempionatini televizor qarshisida kuzatayotgan bo'lishardi. Lekin shu ergacha keldikmi, bas, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rish talab etilardi.

Olimpiya terma jamoamiz Doha yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan avvalgi bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov istefoga chiqarildi. Unda keyin biroz muddat bosh murabbiysiz qolgan olimpiyachilarga Viktor Jalilov javobgarlik qiladigan bo'ldi. Jalilov qo'l ostida jamoa hali birorta o'yin o'tkazmay turib, yana murabbiy o'zgardi: bu safar Samvel Babayan jamoani qabul qilib oldi. Samvel Babayan bungacha milliy terma jamoa bilan ketma-ket muvaffaqiyatga erishib kelgan murabbiy emasmi, ko'pchilik tolmonidan iliq qarshi olindi.

Aslida-ku, yangi bosh murabbiyning milliy termada qisqa vaqt ichidagi siyosati ham keng muhokamaga sababchi bo'layotgandi, biroq g'alabalar hammasini yopib ketdi. Ayniqsa, safarda Bahrayn 4:0 hisobida mag'lub etilganidan so'ng bosh murabbiy nima qilmasin, tarkibga kimlarni qo'ymasin yarashgandek tuyulaverdi. CHunki futbolda faqat g'alabagina hammasini yopib keta oladi. Natijada Babayanning olimpiyachilarga bosh bo'lgani hech kimda ortiqcha etiroz ham, savol ham tug'dirmadi.



Oldinda esa bizda (U-23) Osiyo chempionati - Olimpiada o'yinlariga beriladigan yo'llanma uchun kurash kutib turgandi. Birinchi o'yindayoq Olimpiadaga hali tayyor emasligimiz ko'rinib qoldi. Men bu erda saudiyalik hakamning xatolarini nazarda tutayotganim yo'q. Hakamlik o'z yo'liga, ammo biz o'z o'yinimiz bilan Osiyoda maqtanadigan jamoa emasdik. Avvalo tarkib tanlashda xatolarga yo'l qo'yildi. Hozirgi murabbiyi ko'proq o'zi yoshligidan tarbiyalagan futbolchilarga ishonch bildirib, ular ishonchimni hech qachon suiistemol qilmaydi degan niyat bilanmi, har holda o'yin amaliyoti bo'lsa-bo'lmasa, o'yinga tayyor bo'lsa-bo'lmasa asosiy tarkibda tushirdi.

Natijasi esa o'zingizga malum. SHundog'am past darajadagi o'yinimizga bosh hakam ham "o'z hissasi"ni qo'shib, bizni har tomonlama "sindirishdi". Biz bu erda hech bir futbolchini ayblay olmaymiz, falonchi yomon o'ynadi, pistonchi o'ziga yuklatilgan ishni bajarmadi kabi gaplardan yiroqmiz. CHunki futbolchi xuddi askar kabi, qo'mondoni nima desa shuni qiladi. SHunday ekan, bu erda ayb baribir bosh murabbiyga borib taqalaveradi. Mayli, Babayan "Paxtakor" futbolchilarini boshqalardan ustun qo'ygan ham deylik, ammo uning yordamchilari Haydarov bilan Jalilov bo'lganidan keyin dodingni kimga aytasan. Ular bosh murabbiyga o'z fikrlarni uqtira oladimi, bu endi boshqa masala.



Ikkinchi o'yinni asosiy tarkibda ikkita o'zgarish bilan boshladik. Qizil kartochka olgan Boltaboev o'rniga Sardor Rahmonov, shuningdek Fomin o'rniga Mirabdullaev tushirildi. J.Koreya bilan bahsda Boltaboevning o'yini sira qovushmagandi, Iroqqa qarshi uchrashuvda Kozak shuni takrorladi. Ammo futbol jamoaviy o'yin bo'lgani sabab bir yo ikki kishining o'yiniga qarab butun jamoa harakatlari baholanmaydi, bunda baribir umumiy o'yin olib borish tizimi va yakuniy natijaga etibor qaratiladi.  Deyarli butun mavsumni jarohat girdobida o'tkazgan Jamshid Iskanderovning ham musobaqaga tayyor emasligi yaqqol ko'rinib qoldi. Lekin murabbiy shuni bilgan holda unga ishonishda davom etaverdi.

Samvel Vyacheslavovich, siz aytib o'tgandek bizning borimiz shu emas. Biz bundan ortig'iga loyiqmiz, Aniqrog'i, hammasi to'g'ri joy-joyiga qo'yilganida biz yanada ko'prog'iga loyiq bo'lardik. Ko'rdingiz, hadeb bitta klub o'yinchilariga haddan tashqari ishonib yuborish jiddiy o'yinlarda qanday oqibatlarga olib kelishini. Bu narsa endi milliy terma jamoa bilan ham yuz bermasa deb qo'rqaman. Oldinda bizni Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, BAA kabi "eyman" degan raqiblar kutib turibdi. Bizni bir savol qiziqtiradi: kattalar o'rtasidagi uchrashuvlarda ham yana bir klub futbolchilarini zo'r deb hisoblaysizmi yoki boshqalarga ham etibor qaratasizmi? O'ylaymizki, Doxa turniri hammadan ham Sizga katta saboq bo'ladi. Keyingi ishlaringizga esa omad tilaymiz.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика