“Bo'rilar” futbolchisi uchun kurashda PSJga raqobatchi paydo bo'ldi
19 may 2020 09:55
Yangiliklar


“Bo'rilar” futbolchisi uchun kurashda PSJga raqobatchi paydo bo'ldi
Pellegrini talash bo'ladigan ko'rinadi.
Italiyalik taniqli jurnalist Nikola Skiraga ko'ra, “Roma” yarim himoyachisi Lorenco Pellegrini uchun kurashga “Everton” ham qo'shildi.
Mersisayd klubi yozgi transferlar vaqtida Pellegrinini o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi. “Roma” futbolchisi bilan moliyaviy muammolar sabab xayrlashishga qaror qilgan. Uning xizmatlariga ayni damda PSJ ham davogar bo'lib turibdi.
Lorenconing “bo'rilar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar