“Bordo” yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qildi

21 yanv 2018, 00:18
Fransiyaning “Bordo” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra ushbu postni Gustavo Poyet egalladdi.

Kuni kecha klub Joslen Gurvennek bilan xayrlashgan edi. Ushbu mutaxassis 2016 yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgan edi. O'tgan mavsumda uning qo'l ostida jamoa Fransiya chempionatida oltinchi o'rinni egallagan edi.

Ayni paytda “Bordo 22 turdan keyin turnir jadvalining 11-pog'onasida bormoqda. Jamoa so'nggi etti uchrashuvda besh marta mag'lub bo'ldi.

Gustavo Poyetning so'nggi ish joyi Xitoyning “Shanxay Shenxua” klubi bo'lgandi. U bu jamoani sentyabr o'tgan yilning sentyabr oyida tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Бордо" ФК расмий сайти