Bordi, ko'rdi, zabt etdi... Ravshan Eliboev Qozog'iston chempionatida turning eng yaxshi futzalchisi bo'ldi
22 fev 2022 15:10
Yangiliklar
Bordi, ko'rdi, zabt etdi... Ravshan Eliboev Qozog'iston chempionatida turning eng yaxshi futzalchisi bo'ldi
Yaqindagina "Lokomotiv"dan Qozog'istonning "Kaspiy" jamoasiga o'tgan darvozabon Ravshan Eliboev mamlakat chempionatining 15-turining eng yaxshi futzalchisi bo'ldi.
O'zbekistonlik posbon tur doirasidagi ikki o'yinda chempionat etakchisi, dunyoning eng yaxshi darvozaboni Igita harakat qiladigan "Qayrat"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobidagi durang hamda 3:5 hisobidagi mag'lubiyat qayd etdi.
"Kaspiy" posboniga ushbu o'yinlarda 33 bora aniq zarba berilgan va u bularning 29tasini qaytardi.
Dastlabki o'yinda Eliboev 18 seyv qayd etdi va atigi bir marta gol qo'yib yubordi. Ikkinchi o'yinda u garchi bir bo'lim o'ynagan bo'lsa-da, 14 zarbaning 11tasini qaytardi.
Fikrlar