Bora Milutinovich: “O'zbekistonga ishlash uchun kelganim yo'q”
14 noy 2014 11:00
Yangiliklar
Bora Milutinovich: “O'zbekistonga ishlash uchun kelganim yo'q”
Jahon futbolidagi taniqli murabbiylardan biri, o'z vaqtida beshta terma jamoa bilan jahon chempionatida qatnashgan Bora Milutinovich shu kunlarda yurtimizda mehmon bo'ldi.
Xorvatiyalik murabbiy Mekiska (1986), Kosta-Rika (1990), AQSH (1994), Nigeriya (1998) va Xitoy (2002) terma jamoalari bilan mundialda ishtirok etgan.
Anchadan beri bu murabbiyning O'zbekiston milliy terma jamoasida maslahatchi murabbiy sifatida ishlashi haqida gap-so'zlar yurgandi, biroq o'zining aytishicha, bu borada unga hech qanday taklif tushmagan va shunchaki dam olib, tarixiy joylarni ko'rish maqsadida Toshkentga tashrif buyurgan. Biz esa fursatdan foydalanib, Bora Milutinovich joylashgan “Miran” mehmonxonasiga bordik va taniqli mutaxassis bilan suhbat qurdik.
- Janob Milutinovich, yurtimizga xush kelibsiz!
- Rahmat. Men ham bu erga kelganimdan va sizlarni ko'rib turganimdan xursandman.
- Biz kecha yoki o'tgan kuni emas, balki ancha oldin yurtimizga kelishingiz haqida eshitgandik.
- Bilasizmi, odamlar futbol va futboldagi kishilar haqida gaplashishni yaxshi ko'rishadi. Men Toshkentda bo'lib turganimdan judayam xursandman. CHunki menda O'zbekiston bilan bog'liq yaxshi xotiralar qolgan. O'z vaqtida ikki bor bu erga kelganman. Bir marta Xitoy terma jamoasi bilan yana bir gal “Al Sadd” bilan. Hozir Mirjalol Qosimov bilan yaxshi munosabatdaman, u meni taklif etdi va yana keldim.
- Sizga O'zbekiston terma jamoasida ishlash borasida taklif tushganmidi?
- Menga hech qanday taklif tushgani yo'q va yana shuni aytishim mumkin, men bu erga ishlash uchun kelmadim. SHunchaki dam olib ketish uchun keldim. Ertaga yana Qatarga uchib ketaman.
- Qiziq, buni qanday tushunish mumkin?
- Juda oddiy. Men futbol ichida yurgan kishi sifatida yurtingizga mehmon bo'lib keldim. Kubok finalini kuzatdim, Mustaqillik maydoniga bordim, Xotira maydonini ko'rdim, ertaga esa Doxaga uchib ketaman. Futbol - mening hayotim, ko'plab yurtlarga borib futbol uchrashuvlarini ko'rishni yaxshi ko'raman. Masalan, Myanmada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatini ham borib kuzatdim. U erda O'zbekiston yoshlari ishtirokidagi o'yinlarni ham ko'rdim.
- Siz O'FFdan O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat yuritish borasida taklif oldingizmi?
- Yo'q, bu haqda menga hech kim gapirmadi. Xohlasangiz, bu haqda Mirjalol Qosimovdan ham so'rashingiz mumkin. Men uchun terma jamoangizning Osiyo Kubogiga qanday tayyorgarlik ko'rayotganini kuzatish qiziq, albatta. Lekin bu meni shu erda ishlaydi degani emas. Hozir Qatardagi mashhur futbol akademiyasi “Espayr”da faoliyat olib boryapman va o'z ishimdan mamnunman.
- Mirjalol Qosimov sizga terma jamoamizda ishlash bo'yicha hech narsa demadimi?
- Biz shunchaki futbol haqida gaplashdik, lekin ish bo'yicha emas. Men Qosimovni 2001 yildan beri bilaman va uni juda hurmat qilaman. Bilasiz, 2022 yilgi jahon chempionati Qatarda bo'lib o'tadi. Hozirda ushbu musobaqa uchun tuzilgan tashkiliy qo'mitada maslahatchiman. Agar Qosimov mendan maslahat so'rasa, unga do'stona yordam berishim mumkin, xolos.
- Unday bo'lsa, keyingi rejalaringiz qanday?
- Doxaga qaytib borgach, Amerika mintaqasi bo'ylab safarga chiqaman. Gvatemala, Paragvay, Kosta-Rika, Meksika kabi davlatlarga bormoqchiman. SHuningdek, yanvar oyida Yangi Zelandiyaga ham borish niyatim bor.
- Avstraliyada o'tadigan Osiyo Kubogiga ham borasizmi?
- Balki borishim mumkin, borsam ham ko'pi bilan bitta o'yinni ko'rsam kerak. CHunki bu paytda men Yangi Zelandiyaga bormoqchiman.
- Faraz qiling, sizga O'FFdan shartnoma bilan ishlash bo'yicha taklif tushdi. Bu borada qanday yo'l tutasiz?
- Aytib o'tganimdek, Qatarda ishlayapman va u erdagilar bilan shartnomam bor. SHunday ekan, buning iloji yo'q deb o'ylayman.
- Siz o'z vaqtida bir nechta terma jamoalarni boshqargansiz va yana bir taklif tushishi qiziqishingizga sabab bo'lsa kerak?
- To'g'ri aytdingiz, faoliyatim davomida ko'plab terma jamoalarda ishladim. Ammo endi vaqt o'tyapti, qolaversa, yoshim ham bir joyga borib qoldi. Bilasiz, Myanmadagi Osiyo chempionatida Qatar yoshlari g'olib chiqishdi va bu natija meni juda xursand qildi. CHunki shu musobaqada qatnashgan futbolchilarning aksariyati “Espayr” akademiyasi vakillari hisoblanadi. Ko'rib turganingizdek, hozir ham ishlarim chakki emas.
- Olmaliqda o'tkazilgan Kubok finalini stadionda tomosha qildingiz. O'yin borasida fikringiz qanday?
- Yaxshi o'yin bo'ldi, kim yutishini oldindan aytish qiyin edi. Ammo “Lokomotiv”ning birmuncha kuchliroq ekanligi ko'zga tashlanib turdi.
- Jahon chempionatiga chiqishni judayam xohlab turgan davlatdan taklif tushsa, borib ishlashga rozi bo'lasizmi?
- Bu endi qaysi mamlakatdan taklif tushishiga bog'liq.
- Masalan, biz bir necha yildan beri shuni xohlayapmiz.
- Sizlarda o'z murabbiyingiz bor va men uning ishiga aralashmoqchi emasman. Jahon chempionatiga borishni hamma xohlaydi, lekin avvalo terma jamoa bunga tayyormi degan savolga javob topish kerak bo'ladi.
- Sizningcha, Osiyo Kubogi-2015 favoritlari kim?
- Odatdagidek, Yaponiya, Avstraliya va Janubiy Koreya. Ammo Janubiy Koreya doim ham bir tekis o'yin namoyish eta olmayapti. Avstraliya - mezbon, Yaponiya esa juda kuchli jamoa, qolaversa ularni meksikalik murabbiy Xavier Agirre boshqarmoqda.
- Bu musobaqada O'zbekistonning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- O'zbekiston terma jamoasi nisbatan engil guruhga tushgan. KXDR haqida malumotga ega emasman. Ammo Saudiya Arabistoni va Xitoy bilan tengma-teng o'ynasa bo'ladi.
- Beshta terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqishning siri nimada?
- Avvalo shuni aytishim mumkin, men hamma jamoalarni o'zim olib chiqqanman deya olmayman. Masalan, 1986 yilgi Meksika mundialga borishga tayyor edi, men shunchaki ko'maklashganman, xolos. Ammo 2002 yilgi jahon chempionatida qatnashgan Xitoy termasi bilan ancha ishlashimga to'g'ri kelgandi. Avvalo yaxshi futbolchilarni bir erga to'plashim talab etilardi va buning uddasidan chiqqandim.
- O'sha saralashda Xitoy termasi O'zbekiston bilan bir guruhda kurash olib borgandi. Bo'lib o'tgan o'yinlardan sizda qanday xotiralar qolgan?
- Esimda, birinchi bahsda biz bir kishi kam qolib 2:0 hisobida g'alaba qozongandik. Toshkentdagi bellashuvda esa allaqachon vazifani hal qilib qo'yganimiz bois kichik hisobda yutqazgandik.
- 2001 yil “Agar terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqa olmasam, o'zimni Buyuk Xitoy devoridan tashlayman” deganingiz rostmi?
- Men bunaqa gapni aytmaganman. Men shunchaki hazillashib “Agar terma jamoa mundialga bora olmasa, meni Xitoy devoridan uloqtirib yuborishadi” deganman, xolos. O'shanda matbuot gapimni bo'rttirib rosa muhokama qilgandi.
- Futbolda g'alaba qozonishning asosiy omillari nimada?
- Sportda g'olib bo'lish uchun har bir murabbiy quyidagi beshta omilga etibor qaratishi lozim: texnika, taktika, jismoniy tayyorgarlik, mentalitet va ruhiyat. Ruhiyatni hissiyot desak ham bo'ladi. Futbolda bularning hammasi muhim. Masalan, jahon chempionatida g'olib chiqqan Germaniya terma jamoasini olaylik. Ularda mentalitet kuchli, taktik va jismoniy tomonlama tayyorgarlik ham zo'r, biroq texnika yaxshi emasdi. SHunga qaramay, kuchli ruhiyat evaziga g'olib bo'lishdi. Braziliyaga esa mana shunday ruhiyat etishmadi.
X.Xoliqov, N.Yuldashev, B.Nazarov suhbatlashishdi.

Fikrlar