Bonuchchi "Yuventus"ga qaytishdan oldin "Real"dan taklif olgan ekan

Aslanov Jasurbek
19 fev 2019, 14:16
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi A Seriyadagi raqobat va "Real"dan bo'lgan taklif haqida gapirdi.

Bonuchchi 2010-2017 yil "Yuventus" sharafini himoya qilgan, shundan so'ng u 40 mln. evro evaziga "Milan"ga o'tdi. 31 yoshli himoyachi 2018 yilning yozida 35 mln. evro evaziga Turin klubiga qaytishga muvaffaq bo'ldi.

"Ketma-ket 7ta skudetto, hozir esa taqibchi bilan 13 ochko farq? Bu ko'ringandek oson emas. Italiya futboli darajasi o'sdi. To'g'risini aytaman: "Yuventus" boshqalardan biroz ustun bo'lgan. "Napoli", "Inter" va "Milan"ga qaro'i bahslarda oson yutamiz deb o'ylardik, ammo hozir bunday emas.

"Real"dan taklif olganim rostmi? Ha, shunday. "Real"ning transfer maqsadi bo'lish yoqimli" - deydi Bonuchchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS